O'zbekiston

8-9 noyabr kunlari Toshkentga yuk mashinalari kiritilmaydi

Shahar IIBB harakat cheklanadigan ko‘chalarni maʼlum qildi.

8-9 noyabr kunlari Toshkentga yuk mashinalari kiritilmaydi

 

8-9 noyabr kunlari Toshkent shahriga yuk tashuvchi transport vositalari kirishi cheklanadi. Bu haqda shahar IIBB maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, shu kunlari Toshkentda “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti”ning 16-sammiti bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan poytaxtning quyidagi qo‘chalarida harakat vaqtincha cheklanadi:

 

1. Islom Karimov nomidagi aeroport maydonidan Bobur ko‘chasi bo‘ylab Bobur - Shota Rustaveli chorrahasigacha;

 

2. Nukus - Bobur chorrahasidan Nukus ko‘chasi bo‘ylab Movarounnahr ko‘chasigacha;

 

3. Oybek - Turkiston chorrahasidan Oybek, Afrosiyob va Olmazor ko‘chalari;

 

4. Islom Karimov - Bunyodkor chorrahasidan Islom Karimov ko‘chasi bo‘ylab  Amir Temur – Islom Karimov chorrahasigacha;

 

5. Sharof Rashidov - Afrosiyob chorrahasidan Sharof Rashidov ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa aylanma yo‘ligacha;  

 

6. Navoiy - Mustaqillik chorrahasidan Navoiy – Labzak chorrahasigacha;

 

7. Furqat – Beshyog‘och chorrahasidan Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab Islom Karimov – Beshyog‘och chorrahasigacha;

 

8. Olmazor – Islom Karimov chorrahasidan Olmazor ko‘chasi bo‘ylab Navoiy ko‘chasigacha.  

 

Harakatlanish cheklangan ko‘chalarda Tez-tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlar bo‘linmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

 

custom img

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

Kiberjinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklanib, 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan.

custom img

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya va Germaniyaning mamlakatdagi yangi elchilari Simon Giger hamda Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

custom img

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchilar ketma-ket to‘rt kun, 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun dam oladi.

custom img

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

Noqonuniy qurilishda ishtirok etgan buyurtmachi, pudratchi va ayrim hollarda subpudratchilarga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtgacha bajarilgan qurilish hajmi bo‘yicha moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi mumkin.

custom img

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kichik va mikro GESlar qurilishiga xususiy sektorni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

custom img

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Aziz Hakimov tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

custom img

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

custom img

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"