O'zbekiston

O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Ushbu lavozimga G‘olib Qurbonov qo‘yilgan.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

 

O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan G‘olib Karimovich Qurbonov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi.

 

G‘olib Qurbonov 2017 yil 23 iyundan O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlangan.

 

G‘olib Qurbonov 1984 yil 6 iyun kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 

 

U 2006-2009 yillarda Qashqadaryo Markaziy o‘rmon xo‘jaligida o‘rmon muhandisi sifatida, 2009-2012 yillarda tabiatni muhofaza qilish Qashqadaryo viloyat qo‘mitasi O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish viloyat inspeksiyasi yetakchi mutaxassisi bo‘lib ishlagan.

 

2012-2014 yillarda esa xuddi shu inspeksiyada bosh mutaxassis, 2014-2017 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi Kitob davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

custom img

Toshkent aeroportida kannabis moyini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Yana bir holatda Toshkent tumanida harakatlanayotgan “Damas”dan 12 992 dona “Sibutramin” moddasi bo‘lgan kofe mahsuloti aniqlangan.

custom img

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Qo'mita savdo nuqtalarida o'quv qurollarini hamyonbop narxlarda xarid qilish uchun zarur sharoitlarni ta'minlash muhimligini bildirdi.

custom img

Toshkent viloyatida Cobalt Spark’ni yo‘ldan chiqarib yubordi: ota va o‘g‘il halok bo‘ldi

Hodisa joyidan qochgan Cobalt haydovchisi qo‘lga olingan va holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarga tosh otgan shaxs jarimaga tortildi

Qoidabuzar o‘z qilmishi uchun uzr so‘ragan.

custom img

Turkiyada 10 nafarga yaqin O‘zbekiston fuqarosi shubhali pul o‘tkazmalari bo‘yicha tergov qilinmoqda

Ularning ayrimlari sud qaroriga asosan jazoni ijro etish muassasasida, ayrimlari esa deportatsiya markazida saqlanmoqda.

custom img

Prezident Xivadan Urganchga yangi avtomobil yo‘li orqali qaytdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

custom img

Mandat natijalari e’lon qilindi: 209 mingdan ortiq abituriyent talaba boʻldi

Bu yil oliy ta’limga qabulda davlat granti bo‘yicha o‘rtacha o‘tish bali 134,6 ball, kontrakt bo‘yicha 93,7 ballni tashkil etdi.

custom img

Toshkent issiqlik elektr stansiyasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Ishchi guruh Toshkent IESdagi filtrlash tizimlarini modernizatsiya qilish va atmosfera havosiga salbiy ta’sirni kamaytirish choralari yuzasidan tavsiyalar berdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"