Samarqandda xalqaro anjuman boshlandi
Unda 40 dan ortiq davlatlardan 300 ga yaqin olimlar ishtirok etmoqda.

Bugun, 5 noyabr kuni Samarqand shahrida “O‘zbekiston madaniy merosi — yangi Renessans asosi” VII Xalqaro kongressi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar bermoqda.
Tadbirda 40 dan ortiq davlatlardan kelgan 300 ga yaqin olimlar ishtirok etadi. Kongressning ilmiy qismi 5 ta xalqaro konferensiyadan iborat bo‘lib, unda 120 ga yaqin maʼruzalar tinglanadi.
Shuningdek, “O‘zbekiston madaniy merosi” turkumidan 10 ta yangi kitob taqdim etilishi rejalashtirilgan. Shu bilan kino bo‘yicha alohida anjuman o‘tkaziladi.
Xalqaro Kongress 8 noyabrgacha davom etadi.







