Jahon

Braziliyadagi cho‘chqachilik fermasidan 7 tonna marixuana topildi

Shuningdek, fermadan qurol va o‘q-dorilar ham topilgan.

Braziliyadagi cho‘chqachilik fermasidan 7 tonna marixuana topildi

 

Braziliya huquq-tartibot idoralari xodimlari Parana shtatining qishloq hududlarida maxsus operatsiya o‘tkazdi. Tadbir davomida fermalardan birida marixuana va qurollar saqlanadigan ombor aniqlandi.

 

"Cho‘chqachilik fermasi hududidagi yerosti bunkeridan marixuanaga o‘xshash giyohvand moddalar topildi. Og‘irligi - 7235 kg. Bundan tashqari, ikkita 7,62 kalibrli miltiq va 5,56 kalibrli miltiq, shuningdek, 7,62 kalibrli 257 ta o‘q va 5,56 kalibrli 400 ta o‘q musodara qilindi”, — deyiladi xabarda.

 

Qidiruv vaqtida fermada birorta ham odam topilmagan. Bino oldida to‘xtab turgan mashina Federal politsiyaga topshirildi.

 

Avgust oyida Ispaniyada politsiya tomonidan banan ichiga yashirilgan rekord darajadagi 9,5 tonna kokain musodara qilingan edi.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"