O'zbekiston

Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish reglamenti tasdiqlandi

Davlat xizmati YAIDXP orqali Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman, shahar bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi.

Shaxslarni ishsiz deb eʼtirof etish reglamenti tasdiqlandi

 

Davlat xizmati YAIDXP orqali Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman, shahar bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladi

 

Ariza beruvchi tomonidan to‘ldirilgan so‘rovnoma YAIDXP orqali avtomatik ravishda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyidagi mahalliy mehnat organiga yuboriladi. Ariza kelib tushgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi, ro‘yxatga olinganligi haqida xabar yuboriladi.

 

So‘ngra ishsiz o‘n kun ichida mahalliy mehnat organiga yoki mahalliy mehnat organi xodimi huzuriga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun borishi kerak.

 

Mahalliy mehnat organi ariza beruvchini ishsiz deb eʼtirof etish va unga ishsizlik nafaqasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi yoki uni ishsiz deb eʼtirof etish rad etilganligi to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan xabarnomani ariza beruvchiga yuboradi.

 

«Aholi bandligi to‘g‘risida»gi qonunning 45-moddasiga asosan quyidagilar ishsiz deb eʼtirof etilishi mumkin emas:

 

taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan eʼtiboran o‘n kun ichida uzrli sababsiz ikki marta rad etgan shaxslar;


mahalliy mehnat organiga maqbul keladigan ish yuzasidan taklif olish uchun ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan eʼtiboran o‘n kun ichida uzrli sababsiz kelmagan shaxslar;


taʼlim muassasalarida va tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralgan holda tahsil olayotgan shaxslar, bundan taʼlimning sirtqi shaklida tahsil olayotganlar mustasno;


qonun hujjatlariga muvofiq pensiya taʼminoti huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (pensiya turidan qatʼi nazar);


bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilayotgan, ishlamayotgan ayollar;


ishini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan, lekin mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatdan o‘tish paytida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, tashkilotlarda ishlovchi yoki ularning shtatida hisobda turuvchi shaxslar;


sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish yoki axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazoga hukm qilinganlar;


fermer xo‘jaliklarining rahbarlari va xodimlari, oilaviy korxonalarning ishtirokchilari, dehqon xo‘jaliklarining rahbarlari va aʼzolari, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar;


o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar.

custom img

Wildberries kompaniyasi Rossiyani tark etib, O‘zbekistonda o‘z omborlarini ochadimi?

Kompaniya tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad etdi va Wildberries matbuot xizmati Zamon.uz savollariga javob berdi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida Blogerlar ijodiy kengashi tashkil etildi

Kengash blogerlarning kasbiy rivojlanishi, media savodxonligini oshirish va yosh kontent yaratuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.

custom img

Turkiyalik olimning O‘zbekiston haqidagi kitobi nashr etildi

Kemal Yavuz Atamanning 1991-yildan buyon O‘zbekistondagi kuzatuvlari va tadqiqotlari jamlangan "Men tanigan O‘zbekiston" asari o‘zbek va turk tillarida taqdim etildi.

custom img

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi qoshida ekologik klub tashkil etish taklif qilindi

Uyushma qoshidagi Jurnalist ayollar kengashining “Yashil iqtisodiyot va ayollar: kelajakni asrash mas’uliyati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

custom img

Namangan shahrining sobiq hokimi 11 yilga qamaldi

Shuningdek, u 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

custom img

Samarqandda yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi kabinasida yong‘in chiqishi ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.

custom img

Mahallalarning energetik pasporti yaratiladi — Energetika vaziri

Energetika sohasida iste’molchilarga mobil ilova orqali qarzdorlik va ta’minotdagi uzilishlar haqida ma’lumot olish imkonini beruvchi tizimlarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

custom img

Abduqodir Husanov og‘ir judolikka uchradi

Husanovning bobosi, “Bunyodkor” U-19 jamoasi bosh murabbiyi Hikmat Hoshimovning otasi Husan bobo vafot etdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"