O'zbekiston

Bir necha hududlarda animatsion maktablar ochiladi

TURKSOY davlatlari kinochilar ittifoqini yaratishga oid kelishuv memorandumi imzolandi.

Bir necha hududlarda animatsion maktablar ochiladi

 

Butunjahon jamiyatining "O‘zbekiston madaniy merosi — yangi renessans asosi" Vll xalqaro kongressi doirasida “Kino olami va media: merosga yangicha nigoh” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.  Kino bo‘yicha alohida anjuman o‘tkazilishi bejiz emas: joriy yil 11 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston tarixi va madaniyatiga oid badiiy va hujjatli filmlar yaratish vazifasi qo‘yilgan edi. Bu esa o‘z navbatida madaniy merosimiz bilan chambarchas bog‘liq hoda yangi media loyihalarni yaratishni taqozo etadi.

 

Nufuzli anjumanda O‘zbekiston tarixi va tarixiy shaxslari haqida filmlar yaratish uchun TURKSOY mamlakatlari kino tashkilotlarining ijodiy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini birlashtirishning yangi mexanizmlari tahlil qilindi.

 

Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston kino tashkilotlari rahbarlari ishtirokida turkiy dunyo mamlakatlari o‘rtasida kelgusida hamkorlikdagi filmlarni ishlab chiqarish mavzulari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, ushbu mamlakatlarning kino tashkilotlari rahbarlarining Kongress ishida ishtirok etishi, ularning madaniy merosini ommalashtirishga doir yangi kinoloyihalarni taqdim etish borasida TURKSOY davlatlari kinochilar ittifoqini yaratishga oid kelishuv memorandumi imzolandi. Kelishuvga binoan kelgusida Toshkent, Nukus va Buxoro shaharlarida animatsion maktablar ochiladi.

custom img

Toshkentda havo transportida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Mashg‘ulotda qutqaruv xizmatlarining tezkorligi, o‘zaro hamkorligi va jabrlanganlarni evakuatsiya qilish jarayoni sinovdan o‘tkazildi.

custom img

Qurilish sohasi Yangi O‘zbekiston qiyofasini belgilamoqda — Shavkat Mirziyoyev

Prezident quruvchilar, me’morlar, muhandislar va soha faxriylarini Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan muborakbod etdi.

custom img

Bokschi Qudratillo Abduqahhorov AQSHda hibsga olingani haqidagi xabarlarni rad etdi

Sportchi ayni paytda O‘zbekistonda ekanini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda bolaga otasining ismini familiya sifatida berishga ruxsat beriladi

Senatorlar bu o‘zgarish milliy va diniy an’analarni hisobga olishga xizmat qilishini ta’kidladi.

custom img

30 yildan ortiq xizmat qilgan harbiylarning pensiyasi 100 foizgacha oshiriladi

Senat harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiya tayinlash tartibini belgilovchi qonunni ma’qulladi.

custom img

O‘zbekistonda botanika bog‘lariga tashriflar soni 3,8 barobarga oshdi

2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 3 ta botanika bog‘i faoliyat yuritmoqda.

custom img

O‘zbekistonlik bokschi AQSHda hibsga olinib, deportatsiya qilindi

Bokschining so‘zlariga ko‘ra, u qamoqxonada 45 kun saqlangan.

custom img

Toshkentda “zakladka” usulida narkotik tarqatgan shaxslar ushlandi

Tezkor tadbirlar davomida 3 kilogrammdan ortiq narkotik moddalar aniqlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"