O'zbekiston

Chet el fuqarolarini O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

Bu bo‘yicha maʼmuriy reglament tasdiqlandi.

Chet el fuqarolarini O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

 

Kecha, 6 noyabr kuni Hukumat qarori bilan Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Qarorga ko‘ra, davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga (vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladi.

 

Buning uchun ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzilidan qatʼi nazar, istalgan vakolatli organga o‘zi kelib yoki YAIDXP orqali murojaat etadi.

 

So‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

 

Vakolatli organ tomonidan so‘rovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi 2 ish kuni ichida tekshiriladi.

 

Ariza beruvchi davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun BHMning 5 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.

 

So‘rovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi tegishli kamchiliklarni bartaraf etgandan so‘ng vakolatli organga 5 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.

 

Bunda undan qo‘shimcha yig‘im undirilmaydi.

 

Maʼlumotlar tekshirilgach, so‘rovnoma Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga (maxsus vakolatli organ) yuboriladi.

 

Maxsus vakolatli organ 7 ish kuni ichida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni O‘zbekistonga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida fikrini bildiradi.

 

Shunga ko‘ra, vakolatli organ tomonidan 1 ish kunida QR-kod (martik shtrixli kod) qo‘yilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim etiladi.

 

Taklifnoma berilgan kundan boshlab 3 oy davomida amal qiladi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"