O'zbekiston

DXX hududlardagi korrupsion holatlarga chek qo‘ydi

Andijon va Samarqand viloyatlarida tezkor tadbir o‘tkazildi.

DXX hududlardagi korrupsion holatlarga chek qo‘ydi

 

Andijon viloyati Xo‘jaobod tuman prokuraturasi tergovchisi tuman ichki ishlar bo‘limining tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168- va 228-moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslik va tergov harakatlari davomida yengillik yaratib berish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tergovchi so‘ralgan pul mablag‘ini umumiy ovqatlanish maskanida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Tergov jarayonida tergovchiga ushbu pullarni olish bo‘yicha ko‘rsatmani tuman prokurori o‘rinbosari berganligi to‘liq isbotlanib, u ham qamoqqa olindi. 

 

Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Pastdarg‘om tumani prokurori yordamchisi tuman ichki ishlar bo‘limining tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan jinoyat ishida ayblanuvchi sifatida o‘tayotgan fuqaroga nisbatan sud jarayonida yengillik qilish va sud idoralarida ishlovchi tanishlari orqali qamoqdan chiqarish evaziga, uning qarindoshlaridan 3 ming AQSH dollari talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, prokuror yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘idan 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 168- va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"