Moskva – Toshkent yo‘nalishidagi samolyot parvozi kechiktirildi
Rasmiylar holat bo'yicha ma'lumot berdi.

Moskva – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7 noyabr kuni amalga oshirlishi kerak bo‘lgan HY602 reysi texnik sabablarga ko‘ra jo‘nab ketish aeroportida (Domodedovo) kechiktirildi.
Aviakompaniyaning texnik mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorlash bo‘yicha ish olib borishmoqda. Yo‘lovchilarining bir qismi mehmonxonaga joylashtirildi. Yo‘lovchilarga, shuningdek, kompensatsiya xizmatlari ham taqdim etildi.
"Parvoz vaqti haqida qo‘shimcha maʼlumot qo‘shimcha ravishda xabar qilinadi. Bizning yangiliklarimizni kuzatib boring. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!", deyiladi rasmiy xabarda.







