“100 mln dollar daromad boy berilmoqda”
Prezident tuman hokimlari faoliyatini tanqid qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yana-da takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kelgusi yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda hosildorligi past 16 ming gektar bog‘ va 10 ming gektar tokzorlarda yiliga o‘rtacha 100 million dollar daromad boy berilayotgani taʼkidlandi. Lekin, hech bir tuman hokimi bu borada aytarli ish qilmayotgani tanqid qilindi.
Xususiy investitsiyalarni jalb qilib, yaroqsiz bog‘ va tokzorlar o‘rnida yangi intensiv bog‘ va tokzorlar barpo etish muhimligi taʼkidlandi.
Kelgusi yildan boshlab bog‘ va tokzorlarga hosildorligi va tushumiga qarab tabaqalashgan yer solig‘i stavkalari joriy qilinadi.
Davlat korxonalari balansidagi nosohaviy bog‘ va tokzorlarni tadbirkorlarga taklif qilish topshirildi.







