Siyosat

Shavkat Mirziyoyev AQSh Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat ishbilarmonlik missiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.

Shavkat Mirziyoyev AQSh Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasini qabul qildi

 

Shavkat Mirziyoyev AQSh Kongressi Vakillar palatasining kongressmenlar Jeyson Smit, Greg Merfi, Ronni Jekson va Edvard Keysdan iborat delegatsiyasini qabul qildi.

 

Uchrashuv avvalida amerikalik kongressmenlar O‘zbekiston Prezidenti va xalqini mamlakatimiz Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabrikladilar.

 

Muloqotda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Ikki tomonlama munosabatlarda ijobiy sur’at kuzatilayotgani, siyosiy muloqot yuqori darajada ekani, aloqalar va o‘zaro tashriflar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki mamlakat yetakchilari yaqinda bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqot chog‘ida strategik sheriklikni yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

 

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Joriy yil boshidan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi 20 foizga oshgani qayd etildi.

 

Energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar va sanoat sohalaridagi yirik loyihalarni nazarda tutuvchi uch yillik Iqtisodiy hamkorlik dasturini izchil amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi konstruktiv va o‘zaro manfaatli muloqotni rivojlantirishda AQSh Kongressining muhim o‘rni qayd etildi.

 

Shuningdek, AQShning Missuri, Shimoliy Karolina, Texas va Gavayi shtatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hududlararo aloqalarni kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.

 

Muloqot davomida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish maqsadida ishbilarmonlik missiyalarining o‘zaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.

custom img

O‘zbekiston TIV Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

“Ukrainadagi barcha do‘stlarimizni Mustaqillik kuni bilan samimiy tabriklaymiz!” – deyiladi vazirlikning X’dagi sahifasida.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga an’anaviy o‘zbek ayvonlarini sovg‘a qildi

Donald Tramp ularni Amerika xalqi nomidan qabul qilgan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Prezident O‘zbekiston–Ozarbayjon sammitining ikkinchi kuni tadbirlarida qatnashish uchun Buxoro shahriga bordi.

custom img

Ilhom Aliyev rafiqasi bilan Buxoroga jo‘nab ketdi

Oliy martabali mehmonni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri, Toshkent shahar hokimi va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston rahbari Toqayevni Qozog‘iston tarixida ilk bor bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

custom img

“Bugun biz butunlay boshqacha O‘zbekistonni ko‘rib turibmiz” — Ilhom Aliyev

Ozarbayjon Prezidenti O‘zbekistonning so‘nggi yillardagi taraqqiyoti va Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlarga yuqori baho berdi.

custom img

Toshkentda O‘zbekiston va Ozarbayjon Birinchi xonimlari uchrashuvi bo'lib o'tdi

Ziroat Mirziyoyeva va Mehribon Aliyeva Islom sivilizatsiyasi markazidagi tarixiy ekspozitsiyalar, jumladan, Usmon Mushafi bilan tanishdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Nizomiy nomidagi Pedagogika universitetining yangi kampusini ochdi

Majmuada jami 20 ming nafar talabaga mo‘ljallangan o‘quv binolari hamda 5 ming o‘rinli talabalar turar joylari tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"