Ibrohim Raisiy Toshkentga yetib keldi
Uni O‘zbekiston Bosh vaziri kutib olgan.

Bugun, 9 noyabr kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy rafiqasi Jamile Alamolxoda hamrohligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining XVI sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.







