Prezident raisligida qishloq xo‘jaligi bo‘yicha videoselektor bo‘lib o‘tmoqda
Yig‘ilishda oziq-ovqat eksportiga salbiy taʼsir qilayotgan omillarga to‘xtalib o‘tildi.

Bugun, 9 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini yana-da takomillashtirish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kelgusi yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilish avvalida dunyodagi ziddiyatlar, savdodagi cheklovlar hamda asosiy hamkor davlatlardagi devalvatsiya yil boshida belgilab olingan rejalarni o‘zgartirib yuborgani, bu, ayniqsa, oziq-ovqat va to‘qimachilik eksportiga salbiy taʼsir qilgani qayd etildi.
Vaziyatni jilovlashning yagona yo‘li – qishloq xo‘jaligida hosildorlikni keskin oshirish hisobiga tannarxni kamaytirish, chuqur qayta ishlashga va qo‘shilgan qiymat yaratishga ko‘proq investitsiya jalb qilish orqali eksportni ko‘paytirish hisoblanadi.
Buning uchun qishloq xo‘jaligi, butun iqtisodiy kompleks sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangicha yondashuvlarni, tashkiliy va moliyaviy instrumentlarni joriy qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.







