O'zbekiston

Strategik islohotlar agentligining qo‘shimcha vazifalari belgilandi

Bu bo'yicha Prezidentning tegishli Farmoni qabul qilindi.

Strategik islohotlar agentligining qo‘shimcha vazifalari belgilandi

 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi

 

Farmon bilan Strategik islohotlar agentligining qo‘shimcha vazifalari belgilandi. Shunga ko‘ra, Agentlik:

 

  • aholini tashvishga solayotgan masalalar va muammolarga yechim topish hamda ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarni transformatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqadi;

  • ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega yo‘nalishlarda xorij mamlakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ilgari surilayotgan tashabbuslarni (shu jumladan, xorijiy davlatlar rahbarlarining chiqishlari va nutqlarini) o‘rganishni tashkil qilib, ularni O‘zbekiston sharoitida implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, konsalting kompaniyalari, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va ekspert muassasalari hamda mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarni implementatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

  • istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish yuzasidan respublikaning ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.

 

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari har oyda jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar tomonidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida batafsil maʼlumotni Strategik islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi.

custom img

Toshkentda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida ekoturizm sammiti o‘tkazildi

Tadbirning asosiy qismi turizm bozoridagi yangi hamkorlarni jalb qilish va O‘zbekistonning ekoturizm, tog‘, gastronomik hamda boshqa yo‘nalishlarini xorijiy bozorlarda targ‘ib etishga qaratildi.

custom img

Bituruvchilarning oliy taʼlimdan keyingi taqdiri nima bo‘lyapti?

O‘zbekistonda ilk marotaba Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan “Bitiruvchilar sifati indeksi” natijalari eʼlon qilindi. Unda respublika miqyosidagi 170 ta oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ish bilan taʼminlanganlik darajasi tahlil qilingan.

custom img

Saida Mirziyoyeva Pekindagi Xitoy Kommunistik partiyasi tarixi muzeyiga tashrif buyurdi

Saida Mirziyoyeva Xitoyning bir asrlik taraqqiyot yo‘lini aks ettiruvchi majmua haqidagi taassurotlarini bildirdi.

custom img

Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan 558 nafar vatandosh davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Marosimda Shavkat Mirziyoyev mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

“Elektr uzildi” degan gap odamlarning esidan chiqib ketdi — Shavkat Abdurazzoqov

Namangan viloyati hokimi viloyatda elektr ta’minoti yaxshilangani va yirik energetika loyihalari amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

custom img

Homiladorlik va kasallik nafaqalari “Baraka” ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi

Nafaqa olish uchun bankka borish, alohida hisob ochish yoki qo‘shimcha ariza topshirish talab etilmaydi.

custom img

“Bu sizlarga yangi kuch-g‘ayrat va ilhom beradi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident davlat mukofotlarini tantanali ravishda topshirib, ularga kelgusi faoliyatida yangi kuch va ilhom tiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"