Xitoyda gaz olib ketayotgan yuk mashinalari portladi
Qurbonlar va yaralanganlar bor.

Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan provinsiyasida suyultirilgan gaz olib ketayotgan ikkita yuk mashinasi portlab ketdi.
E’lon qilingan videoda ikki ishchi xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik tufayli yuk mashinalaridan birining lyukidan boshlangan gaz sizib chiqishini bartaraf etishga urinayotganini ko‘rish mumkin. Ularning urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi va mashinalar to'xtash joyida kuchli portlash sodir bo'ldi.
Natijada ikki kishi halok bo‘ldi, ikki kishi esa yaralandi. Mahalliy do‘kon, shuningdek, yo'lda to‘xtab turgan mashinalarga zarar yetgan. Hozirda voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.







