Serbiyada 5 mingga yaqin noqonuniy muhojir qo‘lga olindi
Odam savdosi bilan shug‘ullangan yirik guruh fosh bo‘ldi.

Serbiya politsiyasi so‘nggi ikki hafta ichida 4,5 ming noqonuniy muhojirni qo‘lga oldi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari qurol-yarog‘, bir yarim mingdan ortiq o‘q-dorilar, yuzlab xorijiy pasportlar va giyohvand moddalar, shuningdek, muhojirlar va kontrabandachilar yashiringan joylarini topdi.
3 mingdan ortiq noqonuniy muhojirlar vaqtinchalik qabul qilish markazlariga yuborildi. Ularning aksariyati Yaqin Sharq, Afg‘oniston, Pokiston va Shimoliy Afrika davlatlaridan. Ko‘plab migrantlar kontrabandaning rivojlangan tarmoqlari xizmatlaridan foydalangan. Baʼzilari qurollangan va ko‘pincha bir-biriga qarshi otishmalarda qatnashadi.







