Abdulla Aripov Umra ziyoratini ado etdi
Bosh vazir rasmiy tashrif bilan kecha Saudiyaga borgan.

O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov umra ziyoratini ado etdi. Bu haqda “Saudi Press Agency” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 11 noyabr kuni Aripov navbatdan tashqari islom sammitida qatnashish uchun Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahriga borgan.
Unda Bosh vazir rasmiy Toshkent Falastinning mustaqil davlat bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.







