O'zbekiston

Sizning shijoatingiz dunyoni yanada yaxshilashi shubhasiz — Ziroat Mirziyoyeva

O‘zbekiston birinchi xonimi Toshkentda o‘tgan forumda yosh ekofaollarga murojaat qilib, ularning barqaror muhit uchun kurashdagi yetakchiligini eʼtirof etdi.

Sizning shijoatingiz dunyoni yanada yaxshilashi shubhasiz — Ziroat Mirziyoyeva

9-noyabr kuni Toshkent shahrida Butunjahon bolalar kuni hamda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 2023-yilgi konferensiyasi munosabati bilan “Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

 

Forum ochilishida “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva yosh ekofaollarga murojaat qilib, bolalarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiyalar imzolanishini maʼlum qildi.

 

“Forumning bosh ishtirokchilari — sizlar. Bugun bu yerda sizlarning toza, sog‘lom va barqaror muhit uchun kurashdagi yetakchiligingizni eʼtirof etish maqsadida yig‘ildik. Qo‘shnilarimiz bilan birgalikda Samarqand ekologik oromgohi yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan Barqaror rivojlanish madaniyatini ilgari surish hamda yoshlar va bolalarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo‘yicha mintaqaviy strategiyaning imzolanishi yangi kelajak sari tashlangan muhim qadam bo‘ladi”.

 

O‘zbekiston Birinchi Xonimi, shuningdek, yoshlardagi bugungi shijoat va g‘ayrat dunyoni yaxshilashga yordam berishini taʼkidlab o‘tdi.

 

“Mamlakatlarimizning qadrli yoshlari va o‘smirlariga murojaat qilib aytmoqchimanki, sizning shijoatingiz, qatʼiyatingiz, yangicha tafakkur va yondashuvlaringiz dunyoni yanada yaxshilashga yordam berishi shubhasiz. Sizning ovozingiz yetib borishi va hisobga olinishi uchun bor kuch va saʼy-harakatimizni ishga solamiz”, — deydi Ziroat Mirziyoyeva.

 

Forumda ishtirok etgan Shahnoza Mirziyoyeva ham iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlariga qarshi kurashishda bolalar va yoshlarning roli ortib borayotganini alohida qayd etdi.

 

“Yoshlikdan ekologik taʼlim va tarbiya berish, ekologik madaniyatni shakllantirish muhimligi masalasi shu darajada ko‘tarilganidan xursandman. Birinchi marta ekologik ko‘ngillilik va iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha siyosat va dasturlarni ishlab chiqishga yoshlarni jalb qilish haqidagi g‘oyalar yuqori maydonlardan aytildi.

 

Ishonchim komilki, saʼy-harakatlarni birlashtirish bolalar va yoshlarni barqaror rivojlanishni taʼminlashdagi kelajakdagi roliga tayyorlashga yordam beradi”, — deya fikr bildirgan Shahnoza Mirziyoyeva.  

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"