Jahon

Koronavirusni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalar eʼlon qilindi

Ular COVID-19ni muolaja qilishga taalluqli so‘nggi xulosalarga asoslangan.

Koronavirusni davolash bo‘yicha yangi tavsiyalar eʼlon qilindi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga doir tavsiyalarini yangiladi. Mazkur qo‘llanma COVID-19ni muolaja qilishga taalluqli yangi usullarning klinik sinovlari bo‘yicha jamlangan so‘nggi xulosalarga asoslangan.

 

Yangi tavsiyalarga ko‘ra, koronavirus tufayli shifoxonaga yotqizish xavfining uch asosiy toifasi mavjud: yuqori, o‘rta va past.

 

Ko‘rsatmalar gospitalizatsiya xavfi yuqori va o‘rta bo‘lgan bemorlarda virusga qarshi remdesivir hamda molnupiravir preparatlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

 

Unga muvofiq, shifoxonaga yotqizish xavfi o‘rta yoki past bo‘lgan va xastalik yengil o‘tayotgan bemorlarga remdesivir hamda molnupiravir dorilarini qo‘llash tavsiya etilmaydi.

 

Bu preparatlardan faqat yuqori xavf guruhiga mansub kishilarda tibbiy ko‘rsatmaga ko‘ra foydalanish taklif etiladi.

 

O‘z navbatida, virusga qarshi yangi VV116 preparatini klinik sinovlardan tashqari, kasallikning og‘irligidan qatʼi nazar, har qanday darajasida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Bunday cheklov koronavirusga chalingan bemorlarda ivermektin dorisini qo‘llashda ham amal qilishi maqsadga muvofiq.

 

Mutaxassislar fikricha, yangi tavsiyalar COVID-19ning ayni paytdagi faol mutatsiya va subvariantlariga xos xususiyatlar hamda global emlash jarayonidan keyin insonlar immunitetida hosil bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"