Salomatlik

Dunyoda yarim milliarddan ortiq kishi qandli diabetdan aziyat chekmoqda

2030-yilga borib, bu kasallik bilan og‘rigan bemorlar soni 1,3 milliard nafargacha yetishi mumkin.

Dunyoda yarim milliarddan ortiq kishi qandli diabetdan aziyat chekmoqda

 

14-noyabr — Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni.

 

Hozir dunyoda yarim milliarddan ortiq kishi qandli diabetdan aziyat chekmoqda. Prognozlarga ko‘ra, 2030 yilga borib, bu kasallik bilan og‘rigan bemorlar soni 1,3 milliard nafargacha yetishi mumkin. Bu esa ushbu xastalikdan nogironlik holatlari ortishiga sabab bo‘lmoqda.

 

Olimlar fikriga ko‘ra, noto‘g‘ri ovqatlanish, kamharakatlik oqibatida kelib chiqadigan ortiqcha vazn qandli diabetning asosiy omildir. Ana shu dardga chalinganlarda buyrak hujayralari shikastlanib, ularning filtrlash qobiliyati pasayadi. Bu esa oxir-oqibat surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanishiga olib keladi.

 

Shu asnoda buyraklar funksiyasini saqlab qolish uchun qatʼiy va davomli parhez hamda uzoq muddatli dori-darmonlar muolajasi talab etiladi.

 

Yaponiya olimlari tarkibida bardoksolon metil bo‘lgan preparat surunkali buyrak yetishmovchiligi rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtirishini isbotladi.

 

Ushbu yangilik yaqinda AQSHning Filadelfiya shahrida bo‘lib o‘tgan yirik xalqaro nefrologlar anjumanida taqdim etildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, mazkur klinik tadqiqotning 3-bosqichida buyrak xastaligi bor qandli diabetga chalingan 1013 nafar bemor ishtirok etdi. Ularning salomatlik ko‘rsatkichlari uch yildan ko‘proq vaqt davomida maxsus kuzatuv ostiga olindi.

 

Shu asnoda qo‘llanilgan preparat buyrak funksiyasi yomonlashuvini samarali sekinlashtirishi tasdiqlandi.

 

Yaʼni bardoksolon metil Keap1-Nrf2 signal yo‘lini faollashtirishi, bu esa hujayralarni kislorodning aktiv formalari bilan shikastlanishdan himoya qilishi maʼlum bo‘ldi. O‘z navbatida, bu preparat yurak uchun xavfsiz ekani tadqiqot davomida o‘z isbotini topdi.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"