Jahon

Hindistonda 40 nafar ishchi qulagan tunnel ostida qolib ketdi

Hodisa sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Uttarakxand shtatida sodir bo‘lgan.

Hindistonda 40 nafar ishchi qulagan tunnel ostida qolib ketdi

 

Qutqaruvchilar Hindiston shimolida qurilish vaqtida qulab tushgan avtomobil tunneli vayronalari ostida qolib ketgan 40 nafar ishchiga yetib bora olmayapti.

 

Barcha qurilish ishchilari tirik, dedi politsiya xodimi Prashant Kumar, ularga suv va kislorod berilyapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar tunnelda qolib ketgan ishchilar bilan aloqa o‘rnatgan.

 

Hodisa yakshanba kuni Uttarakxand shtatida sodir bo‘lgan. Bu shtat sayyohlar orasida juda mashhur.

 

So‘nggi yillarda Uttarakxandda keng ko‘lamli binolar va yo‘llar qurilishi davom etmoqda.

 

Hodisa federal hukumatning turli ziyoratgohlarni bog‘lash bo‘yicha eng muhim loyihasi bo‘lgan Chardxem ekspress yo‘lida sodir bo‘lgan.

 

Tunnel qurilishini nazorat qiluvchi Navyug qurilish kompaniyasining loyiha menejeri Rajesh Pavar dushanba kuni tunnel ostida qolgan ishchilarning aniq sonini tasdiqladi.

 

Qutqaruv ishlari yakshanba kuni boshlangan. Qutqaruvchilar kislorodni quvur orqali tunnelning qulagan qismiga yubormoqda.

 

Qutqaruv guruhi 15 metrga oldinga o‘tdi va vayronalar ostida qolganlarga yetib borish uchun 35 metr yo‘l bor.

 

Voqea joyida tun bo‘yi 150 dan ortiq qutqaruvchi ishladi.

 

Burg‘ilash texnikalari va ekskavatorlar ham safarbar qilindi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"