O'zbekiston

19 noyabr kuni “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni o‘tkaziladi

Tadbir O‘zbekistoning 16 ta shahrida tashkillashtiriladi.

19 noyabr kuni “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni o‘tkaziladi

 

19-noyabr kuni O‘zbekistonning 16 ta shahrida mamlakat tarixining eng muhim sanalaridan biri – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini qabul qilish kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu kuni mamlakatning har bir fuqarosi, O‘zbekiston ravnaqi, suvereniteti va milliy davlatchiligi g‘oyalari yo‘lida millatni birlashtirishga qaratilgan vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasiga qo‘shilishi mumkin.

 

Davlat bayrog‘i – davlat mustaqilligining ramzi bo‘lib, xalqaro miqyosda uning o‘zligini belgilaydi. 1991-yilning 18-noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi va yosh respublika yangi maqom hamda yangi davlatchilik ramziga ega bo‘ldi. 32 yildan so‘ng mamlakatimizda o‘tkazilayotgan har bir tadbir O‘zbekistonning turli sohalarda, shu jumladan, katta va ommaviy sportda erishayotgan yutuqlarida ishonchli yo‘lni namoyish etgan holda, davlat bayrog‘ining ko‘tarilishi bilan bo‘lib o‘tmoqda.

 

Bayroq kuni munosabati bilan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi respublikaning 16 shahrida o‘tkaziladi. Mamlakatimizning bosh ramzi Andijon, Namangan, Farg‘ona, Nurafshon, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Navoiy, Buxoro, Qorovulbozor, Qarshi, G‘uzor, Xiva, Nukus va Toshkent shaharlari yashovchilari tomonidan markaziy ko‘chalar bo‘ylab olib o‘tiladi. Poytaxtda start va finish zonasi Humo Arena sport-muz majmuasi maydonida joylashadi. Musobaqaning tasdiqlangan konsepsiyasiga ko‘ra, barcha shaharlarda yagona masofa 3 km, Toshkentda esa 3 km va 10 km ni tashkil qiladi.

 

Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni nishonlashga shuningdek boshqa mamlakatlardan sportchilar va yuguruvchilar ham qo‘shilishlari mumkin. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining tashabbusi bilan 2023-yilda Yangi nafas ommaviy yugurish musobaqasi xalqaro maqomga ega bo‘lib, musobaqada ishtirok etish uchun Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan sportchilar hamda yugurish klublari ishtirokchilari taklif etiladi. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi World Athletics Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasining amaldagi qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.

 

Barcha shaharlarda Yangi nafas ommaviy yugurish musobaqasi bir vaqtda, ertalab soat 07:30 da boshlanadi. Tashkilotchilar taʼkidlaganidek, Bayroq kunini sport yugurish muhitida nishonlash hamjihatlik va do‘stlik kayfiyatini yaratadi va unda yosh cheklovlaridan qatʼi nazar, butun oilalar ham ishtirok eta oladi. Yosh ishtirokchilar uchun tavsiya etilgan yosh: 9 yosh. 3 va 10 km masofalarga yugurish bo‘yicha g‘oliblar 18 yoshdan 35 yoshgacha, 35 yoshdan 55 yoshgacha va undan katta yoshdagi erkaklar va ayollar o‘rtasida yosh toifalari bo‘yicha aniqlanadi hamda ommaviy yugurish musobaqasining eng yosh va eng keksa ishtirokchilari ham alohida sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Yuguruvchilar “Absolyut” va “Havaskor” toifalarida sovrinlar uchun kurash olib boradilar.

 

Shuningdek, imkoniyati cheklangan ishtirokchilar uchun ham maxsus nominatsiyalar ajratiladi. Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasiga harbiy xizmatchilar ham qo‘shilib, ular uchun harbiy oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida eng yaxshi natijalar uchun maxsus nominatsiyalar belgilab berilgan.

 

Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasining Toshkentdagi bosqichining g‘oliblari uchun tashkilotchilar tomonidan pul mukofoti jamg‘armasi ajratilgan:

• 1-o‘rin uchun - 3 000 000 so‘m,

• 2-o‘rin uchun - 2 000 000 so‘m,

• 3-o‘rin uchun - 1 000 000 so‘m

 

Toshkentda g‘oliblar taqdirlanishi 19-noyabr kuni, soat 11:00 da “Paxtakor” sport majmuasi Yengil atletika federatsiyasi stadioni hududida bo‘lib o‘tadi. Viloyatlarda pul mukofoti Tashkiliy qo‘mitalar tomonidan shakllantiriladi.

 

10 km va 3 km masofaga yugurishda finishga yetib kelgan barcha ishtirokchilar maxsus medallar bilan taqdirlanadi (10 km masofaga yugurishda qatnashgan sportchilar va havaskorlar belgilangan vaqt ichida masofani bosib o‘tishlari kerak)

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"