O'zbekiston

Buxoroda fuqaro itlarni o‘ldirib, sim билан daraxtga osib qo‘ydi

8-sinf o‘quvchisi esa buni videoga olib ijtimoiy tarmoqqa joyladi.

Buxoroda fuqaro itlarni o‘ldirib, sim билан daraxtga osib qo‘ydi

 

Buxoroda itlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik holati aks etgan videolavha “SHAXRIYOR” nomli profil egasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatildi.

 

Viloyat IIB axborot xizmati rahbarining maʼlum qilishicha, olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar davomida “SHAXRIYOR” nomli profil egasi 2010 yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan, 8-sinf o‘quvchisi Sh.Sh. ekani maʼlum bo‘ldi.

 

Sh.Sh. bilan uning otasi ishtirokida o‘tkazilgan surishtiruv davomida, videoda tasvirlangan holat 2023 yilning 22 oktyabr kuni sodir bo‘lgani, qo‘shnisi o‘zining molxonasidagi tovuqlarni yeyish uchun kirgan videoda ko‘rsatilgan qarovsiz itlarni ushlab, yog‘och bilan urib o‘ldirganligi va sim bilan ularni daraxtga osib qo‘yganligi ayon bo‘ldi. Sh.Sh. esa o‘sha vaqtda holatni videotasvirga olib, o‘zining “Instagram” tarmog‘iga joylashtirib yuborgan.

 

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan Sh.Sh.ning otasiga nisbatan MJtKning 47-moddasi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

Itlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan, 1981 yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi S.J. ga nisbatan  MJtKning 111-moddasi bilan maʼmuriy ish hujjatlari qonuniy qaror qabul qilish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudiga yuborilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"