O'zbekiston

Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

DXX va IIB tomonidan bir nechta holatlar aniqlandi.

Qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqalʼa tuman bo‘limi tomonidan olingan tezkor maʼlumotlarga asosan DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "Kichik Guldirsin" MFYdagi xonadonlardan birida yashovchi S.A. o‘z uyida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 2 157 dona “Russkaya vodka” nomli qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsuloti, 865 dona qalbaki aksiz marka, 160 litr spirt, 21 190 dona bo‘sh shisha idishlar va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Xuddi shunday, Departamentning Beruniy tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.A. o‘z uyida alkogol mahsuloti ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, qo‘lbola usulda tayyorlangan 120 dona “Qaratau” nomli alkogol mahsuloti, 120 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

 

Shu kabi, Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.A. va A.T. qo‘lbola usulida yasalgan 480 dona "Shahrisabz arog‘i" nomli alkogol mahsulotini fuqaro B.K.ga o‘tkazish maqsadida olib kelgan vaqtlarida ushlanib, jami 588 dona qalbaki alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

custom img

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

custom img

“O‘zbekiston qo‘lyozma merosida tarixiy shaxslar” kitob-albomining yangi nashri chop etilmoqda

Nashrga XIII–XVIII asrlarga oid 185 ta noyob miniatyura va 20 dan ortiq yangi tarixiy shaxs tasvirlari kiritildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"