O'zbekiston

Mahkumlarga ruhiy va jismoniy bosim qilingani bo‘yicha Ombudsmanga 147 ta shikoyat tushgan

Bu haqda Ombudsman axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova maʼlum qildi.

Mahkumlarga ruhiy va jismoniy bosim qilingani bo‘yicha Ombudsmanga 147 ta shikoyat tushgan

 

Bu haqda Ombudsman axborot xizmati rahbari Fotima Madrahimova maʼlum qildi

 

2023 yilning 10 oyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi yuzasidan Ombudsmanga 147 ta shikoyat kelib tushgan. 

 

Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslarga ruhiy, psixologik bosim hamda jismoniy qiynoqlar qo‘llangani haqidagi arizalarning 28 tasi bevosita monitoring tashriflari davomida amalga oshirilgan yakka tartibdagi qabullarda, 23 tasi  yopiq muassasalardagi «Ombudsman qutisi» orqali, 46 tasi penitensiar muassasalar maʼmuriyati va mahkumlarning (mahbuslarning) yaqin qarindoshlari tomonidan pochta aloqasi xizmati orqali aniqlangan. Shuningdek, murojaatlarning 22 tasi esa Ombudsman va uning masʼul xodimlari tomonidan amalga oshirilgan shaxsiy qabullar paytida maʼlum qilingan.

 

Yana 22 ta murojaat elektron tarzda va 6 tasi Ombudsmanning “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan.

 

Maʼlum qilinishicha, alohida taʼkidlash joizki, ruhiy, psixologik, jismoniy yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazilganligi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 21 ta xabarlar o‘rganilib, bu bo‘yicha munosabat bildirilgan. Mutasaddi vazirlik va idoralarga Ombudsmanning 9 ta talabnomasi kiritilgan.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"