Mirziyoyevga Bayraktar TB2ning parvozi ko‘rsatildi
Davlat rahbari Surxondaryoda harbiy qismdagi ishlar bilan tanishdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Mirziyoyev Surxondaryodagi harbiy qismga borib, sohadagi ishlar bilan tanishgan.
Davlat rahbari ushbu harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, chegarani qo‘riqlashda qo‘llanilayotgan harbiy texnika va qurol-aslahalarni ko‘zdan kechirgan. Bunda uchuvchisiz uchish apparatlarining ahamiyati alohida ta’kidlanib, ularni ishlab chiqarish masalalari muhokama qilingan.
Shundan so‘ng, harbiy qism tomonidan Prezidentga Bayraktar TB2 razvedka-zarba uchuvchisiz uchish apparatining parvozi namoyish etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo'nab ketgan edi va o‘z tashrifin Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilishdan boshlagandi.







