O'zbekiston

Tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshlaganlarga imtiyozli kredit beriladi

So‘nggi 5 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 607 ming nafar fuqaro imtiyozli kreditga ega bo‘lgan.

Tadbirkorlik faoliyatini yangidan boshlaganlarga imtiyozli kredit beriladi

 

Bugungi kunda davlat tomonidan tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmi faqatgina imtiyozli kredit berish bilan bog‘liq bo‘lib qolgandek go‘yo. Shu munosabat bilan ekspertlar tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda kompleks yondashish taklifini ilgari surib bunda tadbirkorlarga nafaqat moliyaviy yordam berish balkim ularni moliyaviy va biznes savodxonligini oshirish tizimini yaratish zarurati hususida fikr va mulohazalar olib bormoqda.

 

Shularni inobatga olgan holda joriy yilning 14 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur) ishga tushirildi.

 

Hususan, Mazkur Dastur bo‘yicha tadbirkorlarni moliyaviy va tadbirkorlik savodxonligini oshirish va ularda biznes ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida respublika bo‘yicha 14 ta hududda tashkil qilingan “Kichik biznesga ko‘maklashish markazlari”da,  qisqa va o‘rta muddatli amaliy o‘quv kurslari tashkil etiladi.

 

Bunda, markazlarda dastur ishtirokchilarining biznes ko‘nikmalari mustaxkamlanadi, markaz bilan hamkorlikda o‘z biznes loyihasini ishlab chiqadi va ekspert guruh oldida himoya qiladi. Natijada, qo‘liga sertifikat olib, moliyaviy insturumentlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Markazlarda xorijiy malakali ekspertlar jalb etiladi, maqsadli o‘quv dasturlarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida ishlab chiqiladi, shuningdek, o‘quv jarayonlariga nufuzli mahalliy tadbirkorlar jalb etiladi.      

 

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi kategoriyadagi tadbirkorlar “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” MCHJga onlayn ariza berishlari mumkin:

 

a) kamida 1 yil faoliyat yuritayotgan yakka tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilganlar, hunarmandlar, kasanachilar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari;

Maʼlumot uchun. Bugungi kunda 1 yildan ortiq faoliyat yuritayotgan 263 ming nafar yakka tadbirkor, dehqon xo‘jaliklari va hunarmandlar, 651 ming nafar o‘zini o‘zi band qilganlar va 4,3 mingta taʼlim tashkilotlari mavjud.

b) 3 va undan ortiq kishini doimiy ish bilan taʼminlab kelayotgan kichik tadbirkorlar;

Maʼlumot uchun. Hozirda 143 mingta shunday kichik korxona faoliyat yuritadi.

v) oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida biznes loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar.

Maʼlumot uchun. 2018–2023 yillarda oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 21,6 trln so‘m kredit olgan 607 ming nafar tadbirkor ijobiy kredit tarixiga ega.

 

Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralaridan ko‘zlangan asosiy maqsad – tadbirkorlik faoliyatini yana-da rivojlantirishdir.

 

Bundan tashqari dastur doirasida ishtirokchilarga konsalting xizmatlarini ko‘rsatilishi belgilandi. 

 

Bunda:

 

– litsenziya, ruxsatnoma va sertifikatlar olish, bojxona va soliq maʼmuriyatchiligi, eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish;

 

– davlat xaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish;

 

– tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud boshqa yengilliklar va imkoniyatlar hususida maslahatlar beriladi.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"