Vertolyot ishtirokidagi to‘y korteji haydovchilari jazoga tortildi
Ammo Toshkent viloyati YHXBning rasmiy izohida Uzbekistan Airways‘ga tegishli vertolyoti haqida hech qanday maʼlumot berilmagan.

Ijtimoiy tarmoqda bir nechta Captiva haydovchilari to‘yda guruh-guruh bo‘lib harakatlangani hamda ularning tepasida vertolyotda kelin va kuyov uchgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB YHXB xabariga ko‘ra, mazkur hodisa Toshkent viloyatida sodir etilgan.
Holat Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan o‘rganilgan. To‘y vaqtida yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda boshqa harakat ishtirokchilariga xalaqit berib, guruh-guruh bo‘lib harakatlangan barcha transport vositalari haydovchilariga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Maʼlumki, videodagi vertolyot Uzbekistan Airways‘ga tegishli UK-12504 vertolyoti. Ammo xabarda vertolyot haqida hech qanday maʼlumot berilmagan.







