O'zbekiston

“Rezaksoy”da turizm zonasi tashkil etiladi

Namangan viloyati hokimligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birga Chust tumanidagi Rezaksoy suv ombori hududida “Rezaksoy turizm zonasi” tashkil etish yuzasidan hukumatga taklif kiritadi.

“Rezaksoy”da turizm zonasi tashkil etiladi

 

"2024 yilda Namangan viloyatining Chust tumanini Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovatsion va “yashil texnologiyalar” hamda boshqaruvda zamonaviy usullarini qo‘llagan holda kambag‘allikdan chiqarish to‘g‘risida"gi hukumat qarori loyihasi eʼlon qilindi.

 

Quyidagilar Chust tumanini 2024 yilda rivojlantirish, kambag‘allikdan xoli hududga aylantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilanadi:

 

sektor rahbarlarining faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini hududdagi ehtiyojmand aholini individual dasturlar orqali kambag‘allikdan chiqarish natijalari asosida baholash;

 

hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, jumladan Xitoy tajribasi asosida tadbirkorlik subyektlarini innovatsion faoliyatga keng jalb etish, kambag‘al aholini arzon va uzluksiz energiya bilan taʼminlashda innovatsion hamda yashil texnologiyalarni joriy etish;

 

mahallalarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, jumladan o‘z faoliyatiga innovatsion yechimlarni tatbiq etgan tadbirkorlik subyektlarini rag‘batlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash hamda ishsizlikdan xoli hududga aylantirish;

 

mahallalar “drayveri”dan kelib chiqqan holda ixtisoslashgan kichik sanoat zonalarini tashkil etish;

 

bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari hamda mavjud tabiiy resurs va zaxiralardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish orqali ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish;

 

mahallalar ixtisoslashuvini hisobga olgan holda sanoat, hunarmandchilik, kasanachilik va chorvachilik yo‘nalishlarida mikromarkazlarni tashkil etish;

 

yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish hamda Xitoy tajribasi asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish;

 

mavjud sug‘oriladigan yerlarni unumdorligini oshirish, suv tejashning ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish;

 

infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish orqali ishlab chiqarishni kengaytirish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish;

 

tuman hududidan o‘tuvchi xalqaro va davlat avtomobil yo‘li bo‘ylarida xizmat ko‘rsatish obyektlarini hamda turizmni rivojlantirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish.

 

Namangan viloyati hokimligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Chust tumani Rezaksoy mahallasida joylashgan Rezaksoy suv ombori hududida “Rezaksoy turizm zonasi” tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

 

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, Chust tuman hokimligi bilan birgalikda Chust tumanida qurilish materiallarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, tog‘li hududlarida aniqlanmagan yangi konlar, mineral xomashyo resurslarini o‘rganish hamda foydali qazilma konlarini aniqlash va geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

custom img

Qashqadaryoda 856 nafar talabaning kontrakti to'lab beriladi

Ushbu maqsad uchun jami 3,78 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

custom img

Navoiyda 340 mln so‘mlik oltin savdosiga chek qo‘yildi

212,9 gramm oltinni sotmoqchi bo‘lgan shaxslar xaridordan 20 ming AQSH dollari va 100 mln so‘m olayotganida qo‘lga olindi.

custom img

Qashqadaryoda haydovchi YPX mashinasini urib, qochishga urindi

Haydovchi ikki chorrahada YPX xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan.

custom img

“Aybimiz bo‘lsa, uzrimizni so‘raymiz” — Chinoz hokimi

Chinoz tumani hokimi Sherzod Solihov “Sharmandali mahalla” va “Uyatli xonadon” yozuvlari aks etgan video yuzasidan izoh berdi.

custom img

Toshkent aeroportida yo'lovchilar bagajidan vino shishalariga yashirilgan qariyb 7 kg mefedron aniqlandi

Yo‘lovchilar Bangkokdan kelayotgan bo‘lgan.

custom img

Fermer xo‘jaliklarining buxgalteriya hisobini yuritish tartibi belgilandi

Unga ko‘ra, “Soliq-servis” AJning hududiy bo‘limlari ayrim fermer xo‘jaliklariga buxgalteriya va hisobot xizmatlarini bepul ko‘rsatadi.

custom img

Ehtiyojmand oilalarga “svet” va gaz uchun 6 oyda 92,1 mlrd so‘m kompensatsiya to‘landi

Bunda bazaviy me’yor doirasidagi tarif bilan undan oshgan qism uchun belgilangan narx o‘rtasidagi farq qoplab beriladi.

custom img

Sharbat qutisiga yashirilgan 3,15 kg narkotik moddalar topildi

Giyohvandlik vositalari 20 ta o‘ramda bolalar sharbat qutisi ichiga yashirilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"