O'zbekiston

"Olimpiya shaharchasi — ommaviy sportdan professional sportga o‘tish ko‘prigi"

Prezident Olimpiya shaharchasi qurilishi bilan tanishdi.

"Olimpiya shaharchasi — ommaviy sportdan professional sportga o‘tish ko‘prigi"

 

Maʼlumki, 2025 yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari yurtimizda o‘tkaziladi. Shu bois Olimpiya shaharchasida mazkur musobaqalar dasturiga kiritilgan barcha sport turlari uchun sharoit bo‘ladi. Uning maydoni 100 gektar. Asosiy inshootlar — 10 ming o‘rinli stadion va 2 mingdan tomoshabinga mo‘ljallangan velodrom, suv sporti saroyi, yakkakurashlar va jamoaviy o‘yinlar majmualaridir.

 

Shuningdek, 4 qavatli maʼmuriy bino, 15 ta ochiq sport maydoni, yugurish yo‘laklari, bog‘lar barpo etiladi. Umuman, shaharchaning 54 foiz maydoni yashil hudud bo‘ladi. Buning uchun 37 gektarda sunʼiy ko‘llar tashkil qilinadi.

 

Loyiha 70 ta mamlakatda sport inshootlari qurgan Xitoyning “CAMC Engineering” kompaniyasi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

 

Bundan bir yil oldin, 9 noyabr kuni davlatimiz rahbari mazkur shaharcha qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Bugungi kunda asosiy binolarning poydevor ishlari to‘liq bajarilgan. 5 ta majmuaning konstruksiyalari tiklanib, qad ko‘tarib qolgan. Qurilishga mingga yaqin ishchi va muhandislar, maxsus texnikalar jalb qilingan.

 

Davlatimiz rahbari shaharchani ekspluatatsiya qilish bo‘yicha xorijiy tajribani joriy etish, xavfsizlik choralarini ko‘rish va qulayliklarni oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.

 

Osiyo o‘yinlari o‘tgandan keyin majmualar bo‘shab qolishi kerak emas, xalqimizga xizmat qilishi kerak. Bu yerda mashg‘ulotlar bilan birga sport taʼlimi, ilmi, tibbiyoti mujassam bo‘lishi zarur. Yaʼni, bu joy mamlakatimiz sportining ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘ladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Keyinchalik bu yerda Yoshlar siyosati va sport vazirligi, sport federatsiyalari, O‘zbekiston davlat sport akademiyasi va boshqalar faoliyat ko‘rsata boshlaydi. Maydonchalarda yurtdoshlarimiz ham sport bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi.

Kelajakda bu shaharcha bilan bolalar sport maktablarini ham bog‘lash kerak. Ommaviy sportdan professional sportga o‘tish ko‘prigi bu, — dedi Prezident.

 

Shaharchada paralimpiya o‘yinlari ham o‘tkazilgani bois jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun qulay yo‘llar va alohida sektorlar tashkil etiladi.

 

Prezidentimiz tavsiyasiga muvofiq, majmuada qayta tiklanuvchi energiyadan ham foydalaniladi. Yillik quvvati 10 megavatt 56 ming kvadrat metr quyosh panellari o‘rnatiladi.

 

Shu yerda Toshkent shahri bo‘yicha o‘tgan yili taqdimot qilingan investitsiya dasturiga muvofiq, bu yil ishga tushirilgan loyihalar haqida axborot berildi. Qayd etilganidek, joriy yilning o‘tgan davrida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida 360 ta loyiha bajarilib, jami 20 mingta ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, kelgusida Yangi hayot tumanida 650 gektar maydonda yangi avlod sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan.

custom img

Cho‘llarni o‘zlashtirgan dehqondan usta-naqqoshgacha — fidoyi yurtdoshlar mukofotlandi

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning dehqonchilikni rivojlantirish va cho‘llarni o‘zlashtirishdagi mehnati alohida e’tirof etildi.

custom img

558 nafar fidoyi inson yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev barcha yutuqlar xalqning fidokorona mehnati bilan qo‘lga kiritilayotganini ta’kidladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi

Prezident Yangi O‘zbekistonning so‘nggi o‘n yillikdagi asosiy natijalarini qayd etdi.

custom img

“35 yil — tarix uchun juda qisqa davr, ammo asrga tatigulik davr bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident ishtirokida davlat mukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

custom img

Mo‘g‘uliston Prezidenti O‘zbekiston Milliy pavilyoniga tashrif buyurdi

Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonda ekologiya va iqlim o‘zgarishi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini bildirdi.

custom img

Qaysi OTM bitiruvchilari eng ko‘p daromad olmoqda?

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi 170 ta OTMning 249 mingdan ortiq bitiruvchisi mehnat bozoridagi natijalarini o‘rgandi.

custom img

Qatarda o‘zbekistonliklar uchun 5 500 dollargacha maoshli ish o‘rinlari taklif etildi

Ish beruvchi aviachipta, ishchi vizasi, aeroport transferi va tibbiy sug‘urta xarajatlarini qoplaydi.

custom img

Jizzaxda qariyb 14 kg “opiy”ni sotish va tarqatishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Uch nafar shaxs Tojikistondagi narkokuryerlar qoldirgan narkotik moddalarni olib, ularni sotish orqali daromad orttirishni rejalashtirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"