O'zbekiston

Nega bodring va uzum narxi qimmatlab ketdi?

Qishloq xo‘jaligi vazirligi bunga izoh berdi.

Nega bodring va uzum narxi qimmatlab ketdi?

Qishloq xo‘jaligi vazirligi noyabr oyida bodring va uzum narxi ko‘tarilishi bo‘yicha maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha, bugungi kunda ochiq dalalarda yetishtirilgan bodring hosili yig‘ishtirib olinib, isteʼmolchilarga yetkazib berilgan. Ochiq dalalarda yetishtirgan mahsulotlarning narxi mavsumda 1 kg uchun o‘rtacha 1,5- 2,0 ming so‘mni tashkil qildi.

 

Tahlillarga ko‘ra, oldingi yillarda ham noyabr oyi o‘rtalariga kelib bodring narxi o‘sishi kuzatilgan. Jumladan 2021 yilda oldinga oylarga nisbatan noyabrda 1,3 barobarga, 2022 yilda 1,9 barobarga oshgan.

 

Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 oktyabrdagi 567-sonli qarori qabul qilinib, issiqxonalarga kafolatlangan tabiiy gaz yetkazib berish belgilangandan so‘ng issiqxonalarda ekin ekish ishlari boshlandi. Issiqxonada yetishtirilayotgan mahsulotlar noyabr oyi 3 dekadasi va dekabr oyi boshidan terimi boshlanishi bilan ichki bozorda narxlar barqarorlashishi prognoz qilinmoqda.

 

Ko‘p yillik monitoring kuzatishlarga ko‘ra, noyabr-dekabr oylarida uzum mahsulotlari saqlash uchun joylashtirilishi oqibatida unga bo‘lgan narxlarning oshishiga olib keldi.

 

Xususan, 2022 yilning noyabr oyi narxi oktyabrga nisbatan 111,5 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilda mos ravishda bu ko‘rsatkich 119 foizga o‘sgan.

 

Jumladan, mahsulot navi bo‘yicha Husayni 15 - 25 ming so‘m, toyfi 15-20 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, ichki va tashqi bozorda xaridorgir bo‘lgan “Rizamat ota”, “Mersedes” kabi navlariga talab oshgan (1 kg 90 ming so‘m atrofida).

 

Taʼkidlanishicha, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlari oshishi bilan bog‘liq vaziyat tabiiy holat bo‘lib, bu qish mavsumi uchun issiqxonalarda bir muddat tayyorgarlik ishlari natijasida yuzaga kelgan.

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"