O'zbekiston

Xorijiy valyutalarda kreditlar endi mikromoliya tashkilotlarida ham beriladi

O‘zbekistonda kredit olish jarayoni soddalashtirilmoqda.

Xorijiy valyutalarda kreditlar endi mikromoliya tashkilotlarida ham beriladi

Yaqin o‘tmishda chet el valyutasi u yoqda tursin, balki kredit olishni faqat banklar orqali olsa bo‘ladi. Bankdan kredit olgan odam esa juda katta qog‘ozbozlik yo‘lidan o‘tgan degan xayol ongimizga singib ketgan edi. Hozirda kredit olish juda soddalashtirilmoqdaki bugungi kunga kelib xorijiy valyutada kreditni bankdan tashqari subyektlar ham taklif etadigan zamonga kelmoqdamiz.

 

Yaʼni endilikda tadbirkorlik subyektlari xorijiy valyutada kredit olish uchun nafaqat banklarga, balki mikromoliya tashkilotlariga ham murojaat etishlari mumkin. 

 

Qabul qilingan qaror mikromoliya tashkilotlarining rivojlanishidagi yangi inqilobiy yondashuv desak xato bo‘lmaydi. Eng asosiy o‘zgarishlardan biri sifatida yana mikromoliya tashkiloti litsenziya asosida to‘lov tashkiloti (Payme, Click va hk kabi) faoliyatini ham yurita olishini ham qayd lozim. Qonunchilikda faqat to‘lov tashkiloti mikromoliya tashkiloti sifatida ro‘yxatdan o‘tib, mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsata olar edi. Bu yangilik esa sohada sog‘lom va teng kuchli raqobatni kuchaytirib, natijada aholiga tanlash imkoniyatini beradi.

 

Qarorning yana qiziq jihatlaridan biri bu mikromoliya tashkilotlari rivojlanishi natijasida mikromoliya banklariga, mikromoliya banklari esa tijorat banklariga va aksincha transformatsiya jarayonlari yaratilishidir.

 

Bu esa o‘z navbatida, yuqorida qayd etilganidek, mikromoliyalash bozori hajmini yana-da oshishiga, mikromoliyaviy xizmatlar bilan tadbirkorlarni ko‘proq qamrab olishga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi orqali biznesni rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish natijasida aholi turmush darajasini yaxshilashga olib keladi.

 

Qolaversa, mikromoliya xizmatlar bozorida banklar bilan mikromoliya tashkilotlari o‘rtasidagi bo‘shliq bazaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi mikromoliya banklari bilan to‘ldirilmoqda.

 

Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati rivojlanayotgan vaqtda biznes rivoji uchun sarmoya olish, xorijiy valyutada kreditlar olish soddalashtirishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Biznes rivojlanib borar ekan yangi texnologiyalar jalb qilinar ekan, bugungi narsa ertaga eskirib qoladi. Biznesga yangi g‘oyalarni jalb etish uchun esa albatta sarmoya talab etadi.

 

Mikromoliya tashkilotlarining rivojlanishi va ularning transformatsiyasi moliya bozoriga yaxshi imkoniyatlarni beradi. Raqobatni kuchaytiradi, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi. Asosiysi odamlarda moliyaviy manbalarga va resurslarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkoniyati kengayadi.

custom img

O‘zbekistonda davlat tashkilotlari serverlariga kiberhujum uyushtirilgani aniqlandi

UzCERT hujumlar oqibatida ayrim tizimlardagi ma’lumotlar shifrlanganini ma’lum qilib, tashkilotlarni zudlik bilan kiberxavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

custom img

Sirdaryoda Captiva va yuk mashinasi to‘qnashib, uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasi qayrilib olayotganda o‘zi bilan bir yo‘nalishdagi Captiva bilan to‘qnashgan.

custom img

Surxondaryoda fuqaroning uyi nega buzib tashlandi?

Denovda fuqaroning uyi ogohlantirishsiz buzilgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat MIB holatga oydinlik kiritdi.

custom img

Xivada “Qovun sayli – 2026” xalqaro festivali boshlandi

Ichan qal’a va “Arda Xiva” majmuasida o‘tayotgan tadbirda Xorazmning qovunchilik an’analari, milliy taomlar, hunarmandchilik, folklor, musiqa va gastronomik mahsulotlar namoyish etilmoqda.

custom img

Andijon viloyatida tongda zilzila bo‘ldi

Zilzila epitsentri Marhamat tumani bo‘lgan. U yerda yer silkinishi 2–3 ballni tashkil etgan.

custom img

Prezident “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovi g‘oliblarini tabrikladi

Tanlovning uch bosqichida 124 mingdan ziyod yosh ishtirok etib, yakunda 10 ta kasb yo‘nalishi bo‘yicha 120 nafar g‘olib va sovrindor aniqlandi.

custom img

O‘zbekistonda rieltorlik faoliyati qonun bilan tartibga solindi

Yangi tartibga ko‘ra, rieltorlar maxsus o‘qitish va malaka imtihonidan o‘tib, sertifikat olishi, tashkilotlar esa Yagona reyestrga kiritilishi kerak bo‘ladi.

custom img

Qashqadaryoda yangi qurilayotgan ko‘prik balkasi qulab tushdi

Montaj jarayonida kranning bir tomoni oldin ko‘tarilgani sabab balkaga ortiqcha yuk tushib, uning sinishiga olib kelgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"