O'zbekiston

"Ishtirokchilar millatimiz uchun namuna bo‘lib qoladi" — Saida Mirziyoyeva

O‘zbekiston prezidentining maslahatchisi Saida Mirziyoyeva “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri haqida fikrlarini bildirdi.

"Ishtirokchilar millatimiz uchun namuna bo‘lib qoladi" — Saida Mirziyoyeva

 

 

2023 yilning 18-19 noyabr kunlari O‘zbekistonda III “Zakovat-Gambit” shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi Saida Mirziyoyevaning maʼlum qilishicha, “Zakovat-Gambit” turniri doirasida o‘zbekistonlik yoshlar shaxmat taxtasida mashhur jahon chempionlari Vladimir Kramnik va Xou Ifanga qarshi dona surdi.

 

“Bizning doimiy eng katta orzu-maqsadimiz yoshlar o‘rtasida bilim va aql-zakovatga qiziqishni trend darajasiga chiqarish bo‘lib kelgan”, deydi prezident maslahatchisi.

 

 

Uning aytishicha, bundan ikki yil avval har bir yigit-qiz bilimi va aql-idrokini namoyon eta oladigan format taklif qilingandi. Yoshlar o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydigan o‘yin maydoni yaratildi.

 

“Bugun “Zakovat-Gambit” turniri doirasida yurtimizning zukko yoshlari shaxmat taxtasida mashhur jahon chempionlari Vladimir Kramnik va Xou Ifanga qarshi dona surdilar. 

 

Ishonchim komilki, bu voqea ularning har birida unutilmas taassurot qoldirdi va keyingi cho‘qqilarni zabt etishda zamin bo‘lib xizmat qiladi. 

 

Ishtirokchilar esa, o‘z navbatida, millatimiz uchun namuna bo‘lib qoladi. Aqlli, yorqin va isteʼdodli farzandlar namunasi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.

 

custom img

Millatlar raqsi — do‘stlik va hamjihatlik timsoli

Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida yoshlar turli xalqlarning milliy raqslarini ijro etdi.

custom img

“Hozir yangi universitet ochishga ehtiyoj yo‘q” — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bitiruvchilari bandlik ko‘rsatkichi belgilangan darajadan past bo‘lgan oliygohlarni boshqa universitetlarga qo‘shib yuborish yoki yopish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda blekaut yuz berdi

Energetika vazirligi uzilish qo‘shni mamlakat energetika tizimidagi avariya bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda litsenziya olmasdan 3 oy tadbirkorlik qilish mumkin bo‘ladi

Bu muddatda ular litsenziya talablarini bajarishi va tegishli hujjatni olishi yoki faoliyatini to‘xtatishi kerak.

custom img

“Afg‘onistonga elektr energiyasi faqat ichki talab qondirilgandan keyin eksport qilinadi” — Energetika vaziri

Sherzod Xo‘jayev quyosh va shamol elektr stansiyalari yuqori quvvatda ishlagan paytda hosil bo‘ladigan ortiqcha elektr energiyasini eksport qilish orqali katta iqtisodiy samaraga erishish mumkinligini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da tarixiy natijaga erishdi

Yosh dasturchilar xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"