O'zbekiston

“Mayda xatolarni deb katta xatolarni tuzatish uchun qilayotgan islohotlarimizga xalaqit berishga urinmang” — Allamjonov

Komil Allamjonov “Zakovat-Gambit” turniri haqida fikr bildirdi.

“Mayda xatolarni deb katta xatolarni tuzatish uchun qilayotgan islohotlarimizga xalaqit berishga urinmang” — Allamjonov

 

Toshkentda navbatdagi “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov o‘z kanalida bu musobaqa haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

 

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday tadbirlar O‘zbekistonda ilmga chanqoq, qobiliyatli yoshlarni kashf qiladi.

 

“Shaxsan men ishonamanki, taʼlimni rivojlantirish, ilmni trendga olib chiqish yo‘lidagi barcha loyihalarimiz kelajakda o‘z mevasini beradi. Urilamiz, surilamiz, lekin baribir maqsadimizga yetamiz.

 

Masalan, kuni kecha Ilon Maskning navbatdagi yangi raketasi osmonda portlab ketdi. Yoki bo‘lmasa “v etom obnovlenii ispravleni oshibki...” deb nomlangan Apple‘ning iOS 17.1.1 operatsion tizimi ham yuklab olish uchun telefonimizda paydo bo‘ldi. Ish bor joyda xato bo‘ladi. Lekin ig‘vogarlarning sassiq gaplariga qarab, bo‘shashib hech narsa qilmay, qo‘lni qovushtirib o‘tirganida edi, Ilon Mask bugungi darajaga yetib kelmagan bo‘lardi.

 

Shuning uchun ham mayda xatolarni deb katta xatolarni tuzatish uchun qilayotgan islohotlarimizga xalaqit berishga urinmang. Undan ko‘ra duo qiling. O‘zingizdan tortib hatto bizgacha insof so‘rang. Men ham duo qilaman.

 

Ilohim yurtimiz ilmlilar, olim-u o‘qimishlilar yurtiga aylansin.

 

Buyuk O‘zbekistonning mavqei yana-da baland bo‘lsin. “Zakovat Gambit” g‘oliblariga mukofotlar muborak bo‘lsin!” – deya yozdi Komil Allamjonov.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"