O'zbekiston

Anafilaksiya va anafilaktik shok hayot uchun o‘ta xavfli

Uning belgilari to‘satdan paydo bo‘ladi va tez rivojlanadi.

Anafilaksiya va anafilaktik shok hayot uchun o‘ta xavfli

Bir dori ikki bemorga ikki xil taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Biri shu malham tufayli kasallikdan xalos bo‘lsa, boshqasi hayotini xavf ostida qoldirishi hech gap emas. Baʼzi oziq-ovqat mahsulotlari haqida ham shunday xulosa qilsa bo‘ladi.

 

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikova shu kabi og‘ir holatlarni keltirib chiqaruvchi anafilaksiya va anafilaktik shok xususidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Mutaxassisning aytishicha, anafilaksiya hayot uchun xavfli bo‘lgan o‘tkir allergik reaksiya hisoblanadi. Uning belgilari to‘satdan paydo bo‘ladi va tez rivojlanadi.

 

Anafilaktik shok esa bemor allergen bilan takroran duch kelganida paydo bo‘ladigan anafilaksiyaning ekstremal darajasi. Bunday holatda organizm avval o‘ziga aks taʼsir ko‘rsatgan nomaʼlum birikmani darhol “taniydi” unga nisbatan allaqachon shakllangan antitanalarni qalqon qiladi, yaʼni javob mexanizmini ishga tushiradi.

 

Shu tariqa organizm zudlik bilan gistamin, serotonin, bradikinin kabi bir qator gormonlarni ishlab chiqara boshlaydi. Oqibatda mayda tomirlarda qon aylanish jarayoni buziladi va arterial bosim keskin tushib ketadi.

 

To‘qimalarga yetarli darajada kislorod yetib bormasligi o‘tkir gipoksiyani yuzaga keltirib, ichki organlar va miya faoliyatining izdan chiqishiga olib keladi. Bunday vaziyatda bemorga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, u hayotdan ko‘z yumishi mumkin.

 

Hozir dunyo aholisining 1-3 foizgacha qismi anafilaktik shok bilan ro‘baro‘ kelishi tahlil qilingan. Xavotirli jihati, bu ko‘rsatkich yildan yilga ortib bormoqda.

 

Demak, anafilaktik shok anafilaksiya natijasida rivojlanadi va juda qisqa vaqt ichida o‘zini namoyon qiladi. Anafilaksiya belgilari allergen turiga bog‘liq. Ammo u keltirib chiqaradigan eng xavfli asorat qon bosimining keskin pasayishi yoki anafilaktik shok hisoblanadi.

 

Odatda, ilk alomatlar o‘laroq butun tana bo‘ylab toshmalar paydo bo‘lishi mumkin. Bunda teri rangi o‘zgarib, qizil yoki oqish tusga kiradi. Badanda qichishish va qizib ketish hissi yuzaga keladi. Til va lablar shishishi hisobiga nafas olish qiyinlashadi. Baʼzi bemorlarda qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va qayt qilish kuzatiladi.

 

Keyinchalik, rivojlanayotgan reaksiya fonida qon aylanishi, nafas olish jarayoni va yurak urishi to‘xtashi kabi og‘ir holatlar qayd etilishi ehtimoli yuqori.

 

Anafilaktik shok belgilari allergen tanaga kirganidan so‘ng bir necha daqiqadan 2 soatgacha bo‘lgan davrda namoyon bo‘ladi. Reaksiya vaqti organizmning individual xususiyatlariga bog‘liq.Tadqiqotlarga ko‘ra, bu muddat oziq-ovqat allergiyasida ta

 

Taxminan 30 daqiqa, zaharlanishda 15 daqiqa, tomir ichiga yoki mushak orasiga yuborilgan dorilarga reaksiya jarayonida 5 daqiqani tashkil etadi.

custom img

Yangiyo‘l tumanida yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

custom img

O‘zbekistonda 2027-yildan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasini ma’qullab, sud tizimini rivojlantirishga qaratilgan farmonni imzoladi.

custom img

Millatlar raqsi — do‘stlik va hamjihatlik timsoli

Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida yoshlar turli xalqlarning milliy raqslarini ijro etdi.

custom img

“Hozir yangi universitet ochishga ehtiyoj yo‘q” — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bitiruvchilari bandlik ko‘rsatkichi belgilangan darajadan past bo‘lgan oliygohlarni boshqa universitetlarga qo‘shib yuborish yoki yopish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda blekaut yuz berdi

Energetika vazirligi uzilish qo‘shni mamlakat energetika tizimidagi avariya bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda litsenziya olmasdan 3 oy tadbirkorlik qilish mumkin bo‘ladi

Bu muddatda ular litsenziya talablarini bajarishi va tegishli hujjatni olishi yoki faoliyatini to‘xtatishi kerak.

custom img

“Afg‘onistonga elektr energiyasi faqat ichki talab qondirilgandan keyin eksport qilinadi” — Energetika vaziri

Sherzod Xo‘jayev quyosh va shamol elektr stansiyalari yuqori quvvatda ishlagan paytda hosil bo‘ladigan ortiqcha elektr energiyasini eksport qilish orqali katta iqtisodiy samaraga erishish mumkinligini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da tarixiy natijaga erishdi

Yosh dasturchilar xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"