Samarqandda avtobus ag‘darilib ketdi
Hodisa oqibatida 1 kishi halok bo'lgan.

Hodisa Oqdaryo tumani hududida ro‘y bergan. Oqibatda 1 kishi vafot etgan, 17 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hodisaga avtobus haydovchisining boshqaruvni yo‘qotib beton to‘siqqa urilgani sabab bo‘lgan.
Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







