O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev ertaga Ozarbayjonga boradi

Prezident Boku shahrida BMT sammitida qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev ertaga Ozarbayjonga boradi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 23-24 noyabr kunlari amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

 

Davlat rahbari Boku shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida ishtirok etadi.

 

Tadbir kun tartibidan dastur doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish, mintaqaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Maqsadli fond tashkil etish, transport yo‘laklarini raqamlashtirish uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surish va boshqa masalalar o‘rin olgan.

 

SPEKA dasturi mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish hamda ularning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga ko‘maklashish maqsadida 1998 yil 26 mart kuni Toshkent deklaratsiyasiga muvofiq taʼsis etilgan. Ishtirokchi davlatlar – O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston.

 

Shu kunlarda Boku shahrida SPEKAning qator ishbilarmonlik tadbirlari, shu jumladan iqtisodiy forum va Markaziy Osiyo mamlakatlarining sanoat salohiyati ko‘rgazmasi o‘tmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"