O'zbekiston

Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

“O‘zbekiston – 2030" strategiyasining 89-maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi 2030 yilgacha erishiladigan samaradorlik ko‘rsatkichlari belgilandi.

Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

 

Bu “Transparency International” xalqaro tashkilotining Korrupsiyani qabul qilish indeksida mamlakatimiz o‘rnini 50 pog‘onaga ko‘tarilishiga erishish; davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish holatlarini ikki barobarga kamaytirish hamda davlat xaridlarini amalga oshirishda jamoatchilik nazoratini to‘laqonli joriy qilish va yuz foiz normativ-huquqiy hujjatlarning “korrupsiyadan holi qonunchilik” tamoyili asosida ishlab chiqilishini taʼminlashdir.  

 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan brifingdagi eng muhim qaydlar:

 

  • Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasida quyidagilar taklif etilmoqda:

  • MJtKning 175-8-moddasining (Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) sanksiyasi kuchaytirilib, jarima summasi miqdorini oshirish;

  • davlat xaridlariga masʼul bo‘lgan ijrochi xodimlarni javobgarlikka tortish (hozirgacha faqat mansabdor shaxslar javobgarlikka tortilgan).

  • Oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan YouthLed loyihasi ishga tushirildi;

 

Yoqilg‘i energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, davlat xaridlari, taʼlim va yerdan foydalanish sohalarida korrupsiyaviy xavf-xatarlar tahlil qilinib, korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"