O'zbekiston

Metroning yer usti liniyalari ostidagi binolar ijaraga beriladi

Mazkur hududlardagi qariyb 50 ming kvadrat metr maydondan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanish mumkin.

Metroning yer usti liniyalari ostidagi binolar ijaraga beriladi

 

Toshkent shahar hokimligi metropolitenning yer usti liniyalari ostidagi tijorat binolarini ijaraga bermoqchi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, mazkur liniyalarga tutash hududlarda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish maqsadida binolar yaratishni nazarda tutuvchi loyiha ishlab chiqildi.

 

Yer usti metro liniyalari ostidagi foydalanilmayotgan yerlarning umumiy maydoni 100 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Shundan kamida 50%i tadbirkorlar uchun qo‘shimcha daromad nuqtasiga aylanishi va hududlardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi mumkin.

 

Mazkur binolarni sotib olish yoki ijaraga olish narxi turar-joy majmualarining birinchi qavatlaridagi noturarjoy obyektlariga nisbatan “ancha hamyonbop” bo‘ladi. Bu yerda do‘kon, qahvaxona va o‘yin maydonchalari tashkil etish mumkin.

 

2022-yilning o‘rtalarida sinov tarzida 2-metro bekati (hozirgi “Yashnobod”) yaqinida tijorat binolari ochildi. Shundan keyin, 3 va 4-stansiyalar (“Tuzel” — “Olmos”) oralig‘ida bu kabi binolarni qurishga qaror qilindi.

 

Loyihani ikki bosqichda amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi bosqichda “Rohat” aylanma yo‘ligacha, ikkinchi bosqichda esa undan “Qo‘yliq” bozorigacha bo‘lgan hududda obyektlar tashkil etiladi. Jarayonni tezroq yakunlash maqsadida shahar va tuman hokimliklari kuchlari jalb qilingan.

 

Poytaxt hokimligining Investitsiya boshqarmasi mazkur manzillardagi binolarni ijaraga olish imkoniyatini taqdim etmoqda. Bu bo‘yicha 71 210 02 50 raqamiga murojaat qilish mumkin.

 

2021-yilning oktabrida qabul qilingan prezident qarori bilan yer osti va yer usti metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalarini tashkil etib, tadbirkorlarga auksion asosida ijaraga berish belgilangandi.

 

Joriy yilning fevral oyida yer usti metro yo‘nalishi estakadasi ostidagi hududlarda jami 2700 o‘rinli avtoturargohlar tashkil etilishi haqida ma'lum qilindi.

custom img

O‘zbekistonda 2027-yildan 5 ta hududlararo sud tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Odil sudlov – 2030” strategiyasi loyihasini ma’qullab, sud tizimini rivojlantirishga qaratilgan farmonni imzoladi.

custom img

Millatlar raqsi — do‘stlik va hamjihatlik timsoli

Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida yoshlar turli xalqlarning milliy raqslarini ijro etdi.

custom img

“Hozir yangi universitet ochishga ehtiyoj yo‘q” — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bitiruvchilari bandlik ko‘rsatkichi belgilangan darajadan past bo‘lgan oliygohlarni boshqa universitetlarga qo‘shib yuborish yoki yopish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda blekaut yuz berdi

Energetika vazirligi uzilish qo‘shni mamlakat energetika tizimidagi avariya bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda litsenziya olmasdan 3 oy tadbirkorlik qilish mumkin bo‘ladi

Bu muddatda ular litsenziya talablarini bajarishi va tegishli hujjatni olishi yoki faoliyatini to‘xtatishi kerak.

custom img

“Afg‘onistonga elektr energiyasi faqat ichki talab qondirilgandan keyin eksport qilinadi” — Energetika vaziri

Sherzod Xo‘jayev quyosh va shamol elektr stansiyalari yuqori quvvatda ishlagan paytda hosil bo‘ladigan ortiqcha elektr energiyasini eksport qilish orqali katta iqtisodiy samaraga erishish mumkinligini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da tarixiy natijaga erishdi

Yosh dasturchilar xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"