Yo‘ldan o‘tayotganda telefonga chalg‘imang — Toshkentda reyd ketmoqda (video)
Poytaxtning ikkita tumanida yo‘lda telefonda gaplashganlar jarimaga tortildi.

Respublika hududlarining chorrahalarida piyodalar tomonidan Yo‘l harakati qoidalarining 19-bandi buzilishi ko‘p uchramoqda. Buning oldini olish maqsadida, Ichki ishlar vazirligi YHXX tomonidan Toshkent shahrining Chilonzor va Uchtepa tumanlarida yo‘lovchilarning yo‘llardagi xavfsizligi taʼminlash uchun «Diqqat piyoda» tadbirlari o‘tkazilib, qoidabuzar fuqarolar jarimaga tortildi.
Eslatib o‘tamiz, Yo‘l harakati qoidalarining 19-bandiga binoan, piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotganda telefondan, tele va audio mahsulotlardan foydalanish, diqqatni chalg‘ituvchi har qanday elektron vositalardan foydalanish mumkin emas.
Maʼlumot uchun, ushbu qoida talablariga rioya etmagan piyodalarga Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasiga binoan, 110 ming so‘mdan 330 ming so‘mgacha jarima belgilanadi.







