Siyosat

Ilhom Aliyev rafiqasi bilan Buxoroga jo‘nab ketdi

Oliy martabali mehmonni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri, Toshkent shahar hokimi va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

Ilhom Aliyev rafiqasi bilan Buxoroga jo‘nab ketdi

 

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo‘lib turgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 24-avgust kuni Buxoro shahriga jo‘nab ketdi.

 

“Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.

 

Tashrif dasturi doirasida 23-avgust kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ishtirokida oliy darajadagi muzokaralar hamda Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

Unda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish, hududlar va ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, transport-tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

 

Muzokaralar yakunida qator muhim hujjatlar imzolandi va iqtisodiy hamda boshqa yo‘nalishlarda muhim loyihalar ishga tushirildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

Uchrashuvda bojxona ma’muriyatchiligini takomillashtirish, tizimni raqamlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistonda Xitoyning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Serbiyaga boradi

Belgradda O‘zbekiston va Serbiya rasmiylari hamda ishbilarmonlari ishtirokida biznes forumi o‘tkaziladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Jorja Meloniga maktub yo‘lladi

Prezident Jorja Melonini Italiya hukumati rahbari lavozimida eng uzoq muddat faoliyat yuritgan hukumat rahbari bo‘lgani bilan tabrikladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Qatarda “O‘zbekiston: harakatdagi meros” ko‘rgazmasining ochilishida ishtirok etdi

Shuningdek, Doha shahrida qatarlik yetti nafar hunarmandning O‘zbekistonga ijodiy safari yakunlariga bag‘ishlangan “Ektashif O‘zbekiston” ko‘rgazmasi ham ochildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti “ShHT plyus” formati va BMT o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev “SHHT plyus” formati doirasida mintaqalararo hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"