"Bu — misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat"
Saida Mirziyoyeva jahon chempioni bo‘lgan shaxmatchi qizni tabrikladi.

O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva shaxmat bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan qizni tabrikladi.
"O‘n to‘rt yoshli shaxmatchi qizimiz Afruza Hamdamova Italiyada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi chempionatda mamlakatimiz tarixida birinchi bor jahon chempioni bo‘ldi!
Afruza o‘tgan yili “Zakovat-Gambit” turnirining C toifasida g‘olib bo‘lgan edi, bugun esa u — jahon chempioni!
Tabriklayman, Afruza! Bu — misli ko‘rilmagan muvaffaqiyat, tengdoshlar uchun zo‘r motivatsiya va mamlakatimiz uchun iftixor manbaidir! Qizlarimiz uchun jahon birinchiliklari sari yo‘lni dadil ochib berganingiz uchun tashakkur!
Murabbiylaringiz va ota-onangizga ham katta rahmat!", deb yozadi Mirziyoyeva o‘zining rasmiy telegram-kanalida.







