Buxoroda tarbiyachi bolani kaltakladi
Hozirda holat IIB tomonidan o‘rganilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Kogon shahridagi bog‘chada 2 yoshli bola kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Holatga Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 20-noyabr kuni 2021-yilda tug‘ilgan O‘.Q.ning onasi uni mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotiga birinchi marta olib kelganligi sababli O‘.Q. injiqlik qilib yig‘lagani vaji bilan muassasa tarbiyachisi N.A. bolani urgan.
Ushbu voqea yuzasidan Kogon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Voyaga yetmagan O‘.Q.ga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda N.A.ning harakatlariga huquqiy baho berish masalasi o‘rganilmoqda.







