O'zbekiston

“Farzand shaxsiy mulk deb yashashni bas qilaylik”

Bolalar ombudsmani ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.

“Farzand shaxsiy mulk deb yashashni bas qilaylik”

Bolalar ombudsmani ota-onalarga murojaat bilan chiqdi:

 

"So‘nggi paytlarda bolalarga nisbatan o‘z ota-onalari yoki boshqa vasiylari tomonidan zo‘ravonlik holatlari oshayotganini OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan ko‘plab xabarlardan, Bolalar ombudsmani kotibiyatiga kelayotgan murojaatlardan ko‘ryapmiz.

 

Murg‘ak bolalarga bunday shafqatsiz va ayovsiz muomalani ko‘rib har qanday inson yuragi larzaga keladi. Har bir bola o‘z uyini eng xavfsiz va sevimli maskan, ota-onasini esa hayotning turli sinovlaridan uni himoya qiluvchi posbonlar deb anglaydi.

 

Zo‘ravonlikni tashqarida, begonalardan emas, balki eng yaqinlaridan – unga mehr-muhabbat ko‘rsatishi kerak bo‘lgan insonlardan ko‘rayotgan bolajonning ko‘nglida nima kechayotganini endi tasavvur qilib ko‘ring!

 

Bunday bolaning dunyosi ostin-ustun bo‘ladi, hayotga, ertangi kunga, insonlarga ishonchi so‘nadi. O‘z farzandi oldida ota-onalik burchini to‘g‘ri anglagan hech bir shaxs, ruhan va qalban sog‘lom inson bolasiga bunday ishni ravo ko‘rmaydi.

 

Albatta, inson hayotida turli murakkab vaziyatlarga duch kelishi mumkin, lekin bu qiyinchiliklar alamini o‘z farzandidan – o‘zini himoya qila olmaydigan ojiz boladan olish kerak degani emas!

 

Farzand – ota-onaning “shaxsiy mulki” degan fikr bilan yashashni bas qilaylik. Ota-onalar bolaga egalik qiladigan emas, unga g‘amxo‘rlik va mehr ko‘rsatishi, uning jismonan, ruhan va aqlan kamol topishi uchun barcha zarur shart-sharoitni yaratish majburiyati yuklangan insonlardir.

 

Bola tug‘ilganidanoq har qanday mustaqil inson singari barcha shaxsiy huquq va erkinliklarga egadir. Har bir bolaning huquq va manfaatlari qonun himoyasida. Mana shu qoida insonlarimiz tafakkuriga singishi kerak.

 

Hurmatli ota-onalar! Bolangizga nisbatan qilingan har qanday nojo‘ya harakat, zo‘ravonlik va tahdidning qonunan javobi bor.

 

Unutmang, bugungi xatongizni ertaga tuzatish imkoni bo‘lmasligi mumkin!

 

Davlat bolalarga hech kim, hatto ularning yaqinlari ham zarar yetkazishiga yo‘l qo‘ymaydi".

custom img

O‘zbekistonda 29 trillion so‘mlik noqonuniy mablag‘larning chiqib ketishining oldi olindi

Kiberjinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklanib, 9 282 ta kiberjinoyat fosh etilgan.

custom img

Shveysariya va Germaniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveysariya va Germaniyaning mamlakatdagi yangi elchilari Simon Giger hamda Mattias Follertdan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

custom img

Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Haftasiga 5 kun ishlovchilar ketma-ket to‘rt kun, 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun dam oladi.

custom img

Qurilishdagi qo‘pol huquqbuzarliklar uchun har bir kvadrat metrga jarima solinishi mumkin

Noqonuniy qurilishda ishtirok etgan buyurtmachi, pudratchi va ayrim hollarda subpudratchilarga huquqbuzarlik aniqlangan vaqtgacha bajarilgan qurilish hajmi bo‘yicha moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi mumkin.

custom img

“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Kichik va mikro GESlar qurilishiga xususiy sektorni keng jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

custom img

SSSRni tiklash g‘oyasini targ‘ib qilgan fuqaro 4 yilga qamaldi

Aziz Hakimov tuhmat, haqorat qilish va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atishda aybdor deb topildi.

custom img

Ozodbek Nazarbekovga parlament so‘rovi yuborildi

So‘rov san’at maktablarida binolarning ta’mirtalabligi, jihozlar va pedagog kadrlar yetishmasligi kabi muammolar saqlanib qolayotgani sabab yuborildi.

custom img

O‘zagroinspeksiya: yarim yilda 131,1 mlrd so‘mlik zarar aniqlandi

Inspeksiya tomonidan 46 971 ta monitoring tadbiri o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida 39 132 ta ogohlantirish kiritilgan

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"