"Qizimning sifatli taʼlim olishi men uchun juda muhim"— deputat
Umida Rahmonova ham deputat, ham ona sifatida darsliklar mazmuni, shakli va konsepsiyasini o‘rganib, bunday keyin bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib borishini aytdi.

"Baʼzan ish, baʼzan boshqa sabablar bilan bo‘lib, 2-sinfda tahsil oladigan qizimning dars tayyorlashiga yordam bera olmay qolayotgandim. Lekin oxirgi vaqtlarda hamma bahona va sabablarni bir chetga surib, uy vazifalarini birgalikda tayyorlashga harakat qilyapmiz.
Qizimning sifatli taʼlim olishi men uchun juda muhim. Shu bois keyingi vaqtlarda maktablardagi taʼlim dasturi yoki darsliklar haqida bildirilayotgan turli xil fikr va izohlarni alohida qiziqish bilan kuzatib boryapman.
Shundan keyin ham ona, ham deputat sifatida darsliklarimizning mazmuni, shakli va konsepsiyasini o‘rganib, bu borada o‘z fikrlarimni sizlar bilan bo‘lishib boraman".







