O'zbekiston

Toshkentda MFY raisi hokimlik majlisida vafot etdi

Olmazor tumani hokimligi 40 kundan beri majlis o‘tkazayotgani aytildi.

Toshkentda MFY raisi hokimlik majlisida vafot etdi

 

Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda mahalla raisi yiqilib tushib vafot etdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Daryo” nashri xabar berdi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, hokimiyat masʼullarining 40 kundan beri davom etayotgan majlisbozligi bir inson o‘limiga sababchi bo‘lgan. 

 

"Olmazor tumanida 15 oktyabrdan beri har kuni yig‘ilish o‘tkazilyapti. 40 kundan beri ertalab 07:30 dan 08:30 ga qadar, baʼzan undan ham ko‘proq davom etayotgan yig‘ilish ishchilarning haq-huquqini poymol qilmoqda", — deydi yig‘ishda qatnashib, rais o‘limiga guvoh bo‘lgan manba.

 

Bugun, 24 noyabr kuni davom etgan navbatdagi majlis paytida, soat taxminan 10:00 larda “Yangi Sebzor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi yiqilib tushib, voqea joyida vafot etgan. 

 

Vafot etgan rais Shavkat Murodbekov ismli fuqaro bo‘lgan. 

 

Olmazor tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Vitaliy Tolibjonov voqeani tasdiqlagan. Ammo qo‘shimcha maʼlumot berolmasligini, ish yuzasidan prokuraturadan axborot olish mumkinligini aytgan.

custom img

O‘zbekistonda telefon raqami orqali pul o‘tkazish tartibi belgilandi

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolar pul yuborishda oluvchining bank hisobvarag‘i yoki bank kartasi rekvizitlarini kiritishi shart bo‘lmaydi.

custom img

“Ushbu tashrif yana bir muhim sahifani ochdi”: Saida Mirziyoyeva Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi haqida

Saida Mirziyoyeva Ozarbayjon Prezidentining O‘zbekistonga tashrifi haqida fikr bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari va imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomaning ahamiyatini qayd etdi.

custom img

O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida 163 ta yangi obyekt foydalanishga topshirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

custom img

Toshkentdagi ayrim tashkilotlarda ish vaqtini 8:00 dan boshlash taklif qilinmoqda

Taklifga ko‘ra, ish kunining umumiy davomiyligi o‘zgarmaydi. Xodimlar ishni bir soat ertaroq boshlaydi va shunga mos ravishda bir soat ertaroq yakunlaydi.

custom img

Qozog‘istonda YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarning jasadlari Vatanga olib kelindi

Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rdi.

custom img

O‘zbekistonda talabalar uchun “Dolzarb qirq kunlik” boshlandi

Mazkur davr davomida talabalarni yangi o‘quv yiliga munosib kutib olish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib boriladi.

custom img

Andijonda umumiy ovqatlanish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.

custom img

Islom sivilizatsiyasi markazi jahon mediasiga buyuk merosning yangi tayanch nuqtasi sifatida taqdim etildi

Qariyb 50 davlatdan 300 nafarga yaqin media va ekspertlar ishtirokidagi forumda Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro media salohiyati hamda buyuk merosni zamonaviy multimedia formatlarida yoritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"