Karim Benzema Toshkentga kelmoqda
Futbolchi OCHL guruh bosqichining 5-tur o‘yinlarida qatnashadi.

27-noyabr, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Unda Olmaliqning OKMK klubi Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubiga qarshi maydonga tushadi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, “Al-Ittihod”ning fransiyalik hujumchisi Karim Benzema ham O‘zbekistondagi o‘yinda ishtirok etish uchun Toshkentga keladi.
OKMK-“Al-Ittihod” bahsi 27-noyabr kuni soat 21:00 da boshlanadi.







