Toshkentda elektrobus va avtobus to‘qnashib ketdi
Hodisa oqibatlari haqida rasmiy izoh berildi.

Bugun, 25 noyabr kuni Toshkent shahrining Yunusobod tumanida avtobus va elektrobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Yunusobod tumani A.Temur ko‘chasi "Metro Shahriston" bekatida "Yutong" rusumli elektrobus hamda "King Long" rusumli avtobus bilan yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Dastabki maʼlumotga ko‘ra, avtobus yo‘lovchilari orasida ushbu yo‘l-transport hodisasi natijasida tan jarohati olganligi haqida shifoxonaga murojaat qilganlar yo‘q. «Yutong» rusumli elektrobus va "King Long" rusumli avtobus texnik shikastlangan.
Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







