Toshkentda Mercedes Gelandewagen YTHga uchradi
Holat bo‘yicha rasmiy maʼlumot berildi.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Mercedes Gelandewagen ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar IIBB axborot xizmati maʼlum qildi.
Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida Mercedes-Benz rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan 38 yoshli M.A. boshqaruvni yo‘qotib, temir yoritgichga to‘qnashib ketgan. M.A.ning so‘zlariga ko‘ra, mazkur YTHga o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Nexia-3 manyovr qilib, yo‘nalishni keskin chapga o‘zgartirgani sabab bo‘lgan.
Shundan so‘ng M.A. xavfni aylanib o‘tmoqchi bo‘lib avtomashina boshqaruvini yo‘qotgan va temir yoritgich ustuniga borib urilgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







