O'zbekiston

Jinsiy qullikda saqlangan qiz bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berildi

Hozirda holat yuzasidan tergov o‘tkazilmoqda.

Jinsiy qullikda saqlangan qiz bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumot berildi

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida 14 yoshli qiz yetti oy davomida majburan saqlanib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelingani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, voyaga yetmagan T.Ch. Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida yashovchi otasi G‘.J.ning qaramog‘ida bo‘lgan, onasi X.S. 2023 yil yanvar oyida Rossiyaga ishlash uchun ketgan va bugungi kungacha yashash manziliga qaytib kelmagan.

 

Voyaga yetmagan T.Ch.ning tog‘asi X.M. tomonidan qilingan murojaatga asosan, 2023 yilning may oyidan Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro N.A. o‘zining uyida 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zo‘rlik va tahdid orqali turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagani yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tegishli surishtiruv ishlariga kirishilgan.

 

“Voyaga yetmagan T.Ch.ning jismoniy va ruhiy salomatligini tiklash hamda mazkur holatning kelib chiqish sabablari va uni bartaraf etish choralari yuzasidan "Ijtimoiy ish" ochilgan. Holat yuzasidan kompleks o‘rganishlar davom ettirilayotganligini maʼlum qilamiz”, - deyiladi xabarda.

 

Maʼlumot o‘rnida, Kitob tumani prokurori tomonidan fuqaro N.A.ga nisbatan JKning 135-moddasi (odam savdosi, voyaga yetmagan shaxsga nisbatan) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Millatlar raqsi — do‘stlik va hamjihatlik timsoli

Qashqadaryoda o‘tkazilayotgan “Yoshlar — kelajak bunyodkorlari” V xalqaro ekologiya qurultoyi doirasida yoshlar turli xalqlarning milliy raqslarini ijro etdi.

custom img

“Hozir yangi universitet ochishga ehtiyoj yo‘q” — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri

Bitiruvchilari bandlik ko‘rsatkichi belgilangan darajadan past bo‘lgan oliygohlarni boshqa universitetlarga qo‘shib yuborish yoki yopish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda blekaut yuz berdi

Energetika vazirligi uzilish qo‘shni mamlakat energetika tizimidagi avariya bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

custom img

O‘zbekistonda litsenziya olmasdan 3 oy tadbirkorlik qilish mumkin bo‘ladi

Bu muddatda ular litsenziya talablarini bajarishi va tegishli hujjatni olishi yoki faoliyatini to‘xtatishi kerak.

custom img

“Afg‘onistonga elektr energiyasi faqat ichki talab qondirilgandan keyin eksport qilinadi” — Energetika vaziri

Sherzod Xo‘jayev quyosh va shamol elektr stansiyalari yuqori quvvatda ishlagan paytda hosil bo‘ladigan ortiqcha elektr energiyasini eksport qilish orqali katta iqtisodiy samaraga erishish mumkinligini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi IOI 2026da tarixiy natijaga erishdi

Yosh dasturchilar xalqaro informatika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari 6 oyda 9,3 milliard dollarga yetdi

2026-yilning birinchi yarmida xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13 foizga oshdi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi

Hujjat 4 bob va 34 moddadan iborat bo‘lib, unda Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"